Chorshanba, 26 Mart 2025 14:44

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faollar zalida 25-mart kuni Tillar va global tadqiqotlar kafedrasi tashabbusi bilan "Fan va biznes o‘rtasidagi oltin ko‘prik" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Ma’ruzachi sifatida "Fast Education" va "Oxford International School" nodavlat ta’lim muassasalari asoschisi B. Jo‘rayev taklif etildi.

Tadbir davomida B.Jo‘rayev universitet talabalariga o‘zining tadbirkorlik yo‘li va ta’lim sohasida erishgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Biznes va ta’limning o‘zaro bog‘liqligi asosidagi qizg'in suhbat talabalar e’tiborini jalb etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Xususan, B.Jo‘rayevning "Bilim", "Oila", "Salomatlik", "Ota-ona duosi" va "Do‘stlar" tamoyillariga asoslangan hayot yo‘li talabalar uchun haqiqiy ilhom manbai bo‘ldi.

O'qilgan 219 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar