O'zbekistondagi "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Xitoy-Yevroosiyo ko'rgazmasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan sanoat va oliy ta’lim yo‘nalishida tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik doirasidagi Xitoy-Markaziy Osiyo konferentsiyasida vakillarimiz ta'lim va tadqiqot yo‘nalishida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash borasida qator amaliy ishlarga qo‘l urishdi. Konferentsiyada Xitoy ta'lim vaziri Xuay Tszinpen, O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich hamda Pokiston, Rossiya, Fransiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Mo'g'uliston, Sudan, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston, Singapur, Eron va boshqa 13 mamlakatning 72 ta universitet rasmiylari, rektorlari va professorlari ham ishtirok etdilar.Buyuk Britaniyadan kelgan prorektor Shinjon moliya va iqtisodiyot universiteti professori etib saylandi. Shundan so‘ng faxriy professor o'qituvchilar va talabalar uchun "sun'iy intellekt va aqlli yo'nalish" mavzusida nutq so'zladi.Professor Zou va A.Davronov ham turli universitetlar, tadqiqot markazlari va soha rahbarlari vakillari bilan yuqori darajadagi muhokamalarda ishtirok etdi. Asosiy e'tibor turizm va madaniy meros bo'yicha ta'lim, tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirishga qaratildi.Konferensiyada asosiy mavzular orasida innovatsion o'qitish usullarini birlashtirish, qo'shma tadqiqot loyihalari va Ipak yo'li mintaqasining boy madaniy merosidan foydalanadigan amaliy dasturlarni ishlab chiqish kabi mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
Norboyev Allayor Ismoilovichning 08.00.17 – "Turizm va mehmonxona faoliyati" ixtisosligi bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan "Hududlarda yoshlar turizmini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish" mavzusidagi dissertatsiya ishi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda 2024-yil 5-iyul kuni soat 16:00 da (108-xona) muhokama qilinadi.
Hamdamov Amriddin Hamdam o'g'li 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Turizm sohasida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda 2024-yil 5-iyul kuni soat 14:30 (108-xona) muhokama qilinadi.
To‘xtamishov Aziz Qahramonovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 20-iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.To‘xtamishov Aziz Qahramonovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 20-iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17-uy.Tel/faks: (998 66) 240-67-68, faks: (998 66) 240-67-68E-mail: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
2024-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib etish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorini hayotga joriy qilish tadbirlari doirasida universitetimiz vakillari “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, PhD, dots. To‘lqin Sultonov hamda kafedra professori Jo‘liboy Eltazarov Istanbul shahridagi Turkistonliklar Jamiyatiga tashrif qilib, bu yerda o‘zbek diasporasi yoshlariga o‘zbek tili va madaniyati darslarini tashkil etish, Turkiya Respublikasidagi ko‘pming kishilik turkistonliklar orasidan tarixiy ona-Vatanga turistlar oqimini ko‘paytırısh xususıda muzokaralar olıb bordılar. O‘tgan yili sentabr oyida Istanbul Turkistonliklar jamiyatining bir guruh a’zolari mamlakatimizga kelishgan hamda universitetimizda ular bilan dastlabki uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.2024-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib etish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorini hayotga joriy qilish tadbirlari doirasida universitetimiz vakillari “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, PhD, dots. To‘lqin Sultonov hamda kafedra professori Jo‘liboy Eltazarov Istanbul shahridagi Turkistonliklar Jamiyatiga tashrif qilib, bu yerda o‘zbek diasporasi yoshlariga o‘zbek tili va madaniyati darslarini tashkil etish, Turkiya Respublikasidagi ko‘pming kishilik turkistonliklar orasidan tarixiy ona-Vatanga turistlar oqimini ko‘paytırısh xususıda muzokaralar olıb bordılar. O‘tgan yili sentabr oyida Istanbul Turkistonliklar jamiyatining bir guruh a’zolari mamlakatimizga kelishgan hamda universitetimizda ular bilan dastlabki uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.Universitetimiz vakillarini Jamiyat boshqaruv Kengashi raisi Akbar Yassa va a’zolari shoir Mehmet Sharhan, Ismail Jengiz kutib oldilar hamda Jamiyatning yaqinda ishga tushirilgan binosi va jamiyat tarafidan amalga oshirilayotgan milliy-madaniy tadbirlar bilan tanishtirdilar. Istanbul Turkistonliklar Jamiyati 1930-yillarda Sho‘ro hokimiyati zulmidan qochgan ilk o‘zbek muhojirlari tomonidan tashkil etilgan hamda 1954-yildan faoliyatini yaqinda yangidan qurilgan Istanbulning Oqsaroy mahallasidagi ma’lum va mashhur binoda davom ettirib kelmoqda. Jamiyat ona-Vatan va O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan yaqından aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bu yerda ikkinchi va uchinchi avlod vatandoshlarimiz farzandlariga o‘zbek tili va madaniyati, o‘zbek urf va an’analari o‘rgatiladi. Jamiyat bilan universitetimiz o‘rtasida o‘tgan yili kelishilgan ahdlashuvlarga bınoan, jamiyatga o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek madaniyati va tarixiga doir kitoblar va albomlar, milliy hunarmandchilik buyumlari sovg‘a qilindi. Jamiyat Boshqaruvining talabiga ko‘ra shu yil sentabr oyidan e’tiboran Turkistonliklar Jamiyati a’zolari farzandlari uchun universitetimizning eng yaxshi pedagog-o‘qituvchilari tomonidan masofaviy o‘zbek tili darslari tashkil etiladi, madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik turli shakllarda davom ettiriladi.Uchrashuv so‘ngida Jamiyat a’zolari vatandoshlarning ta’limiy va madaniy-milliy ehtiyojlarini qondirishda yaqindan yordam berayotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga, Turizm Qo‘mitasi hamda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz