"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Zoom dasturi orqali o‘tkaziladigan seminarga taklif qiladi.
Mavzu: “Raqobatbardosh bozor sharoitida O‘zbekistonni xalqaro turizm yo‘nalishi sifatida rivojlantirish yo‘lidagi muhim yondashuvlar”.
Vaqti: 2024-yil 2-may, soat 17:00.
Moderator: “Turizm” kafedrasi mudiri, A.Odilov
Havola Zoom dasturi orqali o‘tkaziladigan seminarga: https://us02web.zoom.us/j/81393687614?pwd=bHpna29OU092bk9tN1ZoZGdDZWVSdz09
Konferensiya ID: 813 9368 7614
Kirish kodi: 2024
Seminar ma’ruzachisi Jorj Vashington universiteti profeesori, ekspert Ibrohim Osta haqidagi to‘liq ma’lumotga e’lonning havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Ibrohim Osta rivojlanayotgan mamlakatlar turizmini rivojlantirish bo’yicha tan olingan mutaxassis hisoblanadi. U mahalliy sharoitlarga moslashgan turizm dasturlarni ishlab chiqadi va rivojlantiradi. O’tgan 25 yil davomida uning faoliyati turli mamlakatlardagi minglab tadbirkorlar, sanoat xodimlari, turizm hamjamiyatlari va tashkilotlariga foyda keltirdi. Hozirda u Chemonics Internationalning iqtisodiy o’sish va savdo bo’yicha katta maslahatchisi va 6000 dan ortiq xodimga ega kompaniyaning turizm bo’yicha yetakchisi faoliyat olib bormoqda. 2023-yilda u Richard Branson kabi xalqaro turizm sanoati yetakchilari qatorida turizm sohasidagi ishlari uchun taqdirlangan.
2024-yil 30-mart kuni soat 11:00 da (universitet binosi 108-xona) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Hamdamov Amriddin Hamdam o‘g‘li 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” va 08.00.16 - Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosliklari bo‘yicha “Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida haftaning har payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi” kuni sifatida belgilanib, ushbu kunda universitetda tuzilgan ishchi guruh tomonidan universitet hududidagi kuzatuv kameralari va Face ID tizimi holati nazorat qilinib bunolar kirish qismidagi xavfsizlikga javobgar xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning darslarga ishtirok etish holari o‘rganildi.
Shuningdek, universitet talabalarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday sport tadbirlaridan biri 28-mart kuni talabalar o‘rtasida guruhlararo voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Spiker: Liliya FILIPISHYNA, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Admiral Makarov nomidagi kemasozlik milliy universiteti, Ukraina.
Milliy iqtisodiy tadqiqotlar institutining faxriy professori (Batumi, Gruziya).
Mavzu: «Raqamli innovatsiyalar: zamonaviy qiyinchiliklar, muammolar va istiqbollar»
Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov.
O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali.
Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024-yil 5-aprel (Juma)
Turizmda nazariyani amaliyot bilan uzviy olib borish talabaning bilim va malakasini oshirishda juda katta amaliy natija beradi. Shu bois universitetimizda talabalarning amaliyot jarayoniga alohida e’tibor qaratib kelinayapti. Hozirda talabalarimiz turizmning xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida, davlat idoralarida hamda tashkilot va korxonalarda o'z sohasi bo'yicha amaliyot o'tashmoqda.
Joriy o‘quv yilida universitetimizning 42 nafar bitiruvchi talabalari Samarqand turizm markazida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirmoqda. Xususan, talabalarimiz Samarqand turizm markazidagi mehmonxonalarda, "Boqiy shahar majmuasi" va restoranlarda turli kasblar bo'yicha amaliy tajribasini oshirmoqda.
Quvonarlisi shundaki, bugungi kunda turizm sohasida va Samarqand turizm markazida faoliyat yurituvchi xodimlarning katta qismi universitetimizda tahsil olgan talabalar hisoblanadi. Bundan tashqari har yili universitetimiz tomonidan amaliyotga yuborilgan talabalarning aksariyati ushbu majmuada ishga qolishayapti.
Yurtimizda hukumatimiz tomonidan yosh avlod uchun juda katta imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ushbu imkoniyatlardan ko‘plab yoshlarimiz oqilona foydalanib yuqori muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Bu kabi yoshlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham talaygina. Ming afsuslar bo‘lsinki, bugun jamiyatimizda ayrim yoshlarimiz turli ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmoqda.
Joriy yilning 18-mart kuni universitetimiz talabalari, tyuterlar ishtirokida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida so‘z olgan mutasaddilar talaba-yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishi, turli ta’qiqlangan sayt va kanallarga kirmaslik yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Vakayama universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida ikkinchi bosqich talabalarimizdan Diyorbek Otabekov hamda Karim Kadorkin bir yil mobaynida Yaponiyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Talabalarimiz Yaponiyadagi nufuzli universitetlardan biri hisoblangan Vakayama universitetida o‘z sohasi bo‘yicha bilim va mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ma’lumot uchun shuni aytish lozimki, ushbu dastur talabalarimizga o'z universitetining ta'lim talablariga rioya qilgan holda xorijiy davlatdagi nufuzli universitetlarda ta’lim imkonini beradi. Albatta, talabalar almashinuvining asosiy afzalliklaridan biri bu til ko'nikmalarini takomillashtirish qobiliyatidir.
Joriy yilning 26-mart kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari tomonidan “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari uchun “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
“Zilzilaga qadar, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng harakatlanish qoidalari” mavzusidagi tadbirda soha mutaxassislari tomonidan favqulodda holatlarda harakatlanish, undagi birlamchi qoidalar xususida to‘liq ma’lumotlar berildi.
27-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova, “Til va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xalimova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi K.Akramovalar ishtirokida Samarqand Turizm texnikumi o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Dastlab seminarda bugungi kunda Samarqand Turizm texnikumida o‘quvchi-qizlarning ta’lim-tarbiya borasidagi ishlarini yanada jonlantirish, ta’lim muassasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilardan hamda xodimlardan iborat xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish va bu borada turli mavzularda seminarlar, namunali darslarni ko‘paytirish xususida gapirildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘z fani bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib savollarga javob qaytarildi.
2024-yil 30-mart kuni soat 10:00 da Samarqand shahri Registon maydonida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkaziladi. Ushbu yarmarkaga ichki turizm sohasida faoliyat yurutivchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillarini o‘zari hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
Shuningdek tadbir doirasida turizm va madaniy meros sohalarini yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamkorligida “Career-2024” mehnat yarmarkasi ham bo‘lib o‘tadi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz