2025-yil 20-fevral kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning SIRIM akademiyasi hamda JICA tashkilotining Malayziyadagi vakillari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan turizm sohasi vakillari uchun "Muslim-friendly tourism" standartlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga JICA va SIRIM tashkilotlarining faoliyati hamda ularning turizm sohasidagi tajribalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, turizm sohasida halol turizm sertifikatlash tizimini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar va tushunchalar taqdim etildi.