Juma, 29 Mart 2024 10:49

E’LON

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Zoom dasturi orqali o‘tkaziladigan seminarga taklif qiladi.

Mavzu: “Raqobatbardosh bozor sharoitida O‘zbekistonni xalqaro turizm yo‘nalishi sifatida rivojlantirish yo‘lidagi muhim yondashuvlar”. 

Vaqti: 2024-yil 2-may, soat 17:00.

Moderator: “Turizm” kafedrasi mudiri, A.Odilov

Havola Zoom dasturi orqali o‘tkaziladigan seminarga: https://us02web.zoom.us/j/81393687614?pwd=bHpna29OU092bk9tN1ZoZGdDZWVSdz09

Konferensiya ID: 813 9368 7614

Kirish kodi: 2024

Seminar ma’ruzachisi Jorj Vashington universiteti profeesori, ekspert  Ibrohim Osta haqidagi to‘liq ma’lumotga e’lonning havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Ibrohim Osta rivojlanayotgan mamlakatlar turizmini rivojlantirish bo’yicha tan olingan mutaxassis hisoblanadi. U mahalliy sharoitlarga moslashgan turizm dasturlarni ishlab chiqadi va rivojlantiradi. O’tgan 25 yil davomida uning faoliyati turli mamlakatlardagi minglab tadbirkorlar, sanoat xodimlari, turizm hamjamiyatlari va tashkilotlariga foyda keltirdi. Hozirda u Chemonics Internationalning iqtisodiy o’sish va savdo bo’yicha katta maslahatchisi va 6000 dan ortiq xodimga ega kompaniyaning turizm bo’yicha yetakchisi faoliyat olib bormoqda. 2023-yilda u Richard Branson kabi xalqaro turizm sanoati yetakchilari qatorida turizm sohasidagi ishlari uchun taqdirlangan.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar