2025-yilning 19-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy tadqiqotlar hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo'limlari tomonidan universitet 1-bosqich bakalavr talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tanlov talablari hamda talaba-yoshlarda ilmiy maqola yozish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Ilmiy tadqiqotlar bo'limi mutaxassisi N. Xoliqov va Akademik qo'llab quvvatlash bo'limi tyutori P.Islomov talabalarga ilmiy maqola mavzularini to'g'ri tanlash, maqolani yozish va chop ettirish borasida ma'lumot berishdi. Shuningdek, seminar doirasida universitetning iqtidorli talabalari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.