Turizmda nazariyani amaliyot bilan uzviy olib borish talabaning bilim va malakasini oshirishda juda katta amaliy natija beradi. Shu bois universitetimizda talabalarning amaliyot jarayoniga alohida e’tibor qaratib kelinayapti. Hozirda talabalarimiz turizmning xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida, davlat idoralarida hamda tashkilot va korxonalarda o'z sohasi bo'yicha amaliyot o'tashmoqda.
Joriy o‘quv yilida universitetimizning 42 nafar bitiruvchi talabalari Samarqand turizm markazida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirmoqda. Xususan, talabalarimiz Samarqand turizm markazidagi mehmonxonalarda, "Boqiy shahar majmuasi" va restoranlarda turli kasblar bo'yicha amaliy tajribasini oshirmoqda.
Quvonarlisi shundaki, bugungi kunda turizm sohasida va Samarqand turizm markazida faoliyat yurituvchi xodimlarning katta qismi universitetimizda tahsil olgan talabalar hisoblanadi. Bundan tashqari har yili universitetimiz tomonidan amaliyotga yuborilgan talabalarning aksariyati ushbu majmuada ishga qolishayapti.