Yangiliklar: Mart 2024

Joriy yilning 14-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida viloyat Monopoliya boshqarmasi mas’ul mutaxassislari ishtirokida “Moliyaviy savodxonlik” mavzui yuzasidan amaliy muloqot tashkil qilindi. Tadbirda universitetimizning birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. Har bir kishi ma’lum darajada pul mablag‘i topar ekan uni ishlatish jarayonlari haqida ham to‘liq bilishi lozim bo‘ladi. Amaliy muloqot davomida  mas’ul iqtisodchi mutaxassis tomonidan moliyaviy savodxonlikning ahamiyatli tomonlari, uni boshqarish kabilar yuzasidan tahliliy tushuntirish berildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi. 

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 15 Mart 2024 17:18

E’LON

Spikerlar:

Laziza ISFAXONOVA, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi brending va sertifikatlashtirish menejeri.

Bexruz MAMASADIKOV, “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi brending va sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i.

Mavzu: «Mehmondo‘stlik va turizm sohasidagi yoshlar uchun imkoniyatlar - sohada qanday muvaffaqiyatga erish mumkin.

Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov

O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali

Vaqt: 11:00-12:00, 2024-yil 19-mart (seshanba)

Kategoriya E'lonlar
Juma, 15 Mart 2024 16:52

RASMIY XABAR

          Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Turizm Qoʻmitasining tegishli qaroriga hamda Rektor A.A.Abduxakimovning buyrugʻiga asosan filologiya fanlari doktori, professor Joʻliboy Donaboyevich Eltazarov oʻz xohishiga koʻra universitetning Birinchi Prorektori lavozimidan ozod qilindi.

          Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, universitet Rektori A.A.Abduxakimov prof. J.Eltazarovga ushbu lavozimda koʻp yillik samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda milliy urf-odatlarimizga koʻra unga chopon kiygizib, tashakkurnoma eʼlon qildi.

          Universitet Rektori A.A.Abduxakimov J.D.Eltazarovga universitet professori sifatida jonajon oliy taʼlim maskanining kelgusi faoliyatida aktiv ishtirok etadi, deb umid bildirdi. Oʻz navbatida prof. J.Eltazarov “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini oyoqqa turgʻazish, uni mamlakatimizning eng peshqadam OTMlari qatoriga olib chiqish hamda milliy akkreditatsiya hamda attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida oʻzining kichik hissasi borligidan, ushbu navqiron va joʻshqin jamoada ishlaganidan mamnun ekanligini bildirdi hamda oʻzining kelgusi faoliyatida universitetimizning oʻquv, ilmiy ishlarida hamda xalqaro aloqalarida faol ishtirok etishga soʻz berdi.

                                                           

Kategoriya Yangiliklar

2024-yilning 23-25-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli London Xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli (LIMUN) konferensiyasida universitetimiz “Turizm” kafedrasi o`qituvchisi Sanjar Mardonov boshchiligidagi talabalardan tashkil topgan delegatsiya a’zolari faol ishtirok etishdi.

LIMUN, Yevropadagi eng yirik universitet darajasidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konferensiyasi boʻlib, u dunyoning 60dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 1200 dan ziyod yoshlarni birlashtirdi.

“Diplomatiyada insonparvarlik: global boshqaruvni rivojlantirish” (Humanity in Diplomacy: Reinvigorating Global Governance) mavzusida tashkil etilgan konferensiyada yosh ishtirokchilar dunyoning ayrim global muammolarini muhokama qilish va yechimlarni taklif qilish uchun birlashdilar. Muammolar yechimini topishda ular o‘zlari vakillik qilgan davlatlarning pozitsiyalari bilan o‘rtoqlashishdi.

-Biz “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarini LIMUNda namunali chiqishlari va maqtovga sazovor bo‘lganliklari uchun chin yurakdan tabriklaymiz. Ishonchimiz komilki, ushbu konferentsiya davomida to'plangan tajribalar ularni globallashgan dunyomizdagi murakkabliklarga qarshi kurashishga tayyor bo'lgan har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o'ynaydi,-“Turizm” kafedrasi o`qituvchisi Sanjar Mardonov.

Kategoriya Yangiliklar

         Joriy yilning 12-mart kuni universitetimiz Ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zou Xitoyning Shansi Moliya-Iqtisodiyot universiteti vakillari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.

         Muloqot davomida ikki universitet o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish sur'atlarini oshirish, shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar ustida ishlash kabi loyihalar ilgari surildi. Prorektor o'z nutqida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik yo'nalishlari asosan ta'limga qaratilganini, bugungi kunda turizm va madaniy merosni zamon talablariga mos ravishda yaratish lozimligini ta'kidladi.

         Shuningdek, suhbat davomida Shansi Moliya-Iqtisodiyot universiteti prorektori kelgusida ikki universitet hamkorligida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish rejasi borligini bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 12 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar