Juma, 15 Mart 2024 16:52

RASMIY XABAR

          Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Turizm Qoʻmitasining tegishli qaroriga hamda Rektor A.A.Abduxakimovning buyrugʻiga asosan filologiya fanlari doktori, professor Joʻliboy Donaboyevich Eltazarov oʻz xohishiga koʻra universitetning Birinchi Prorektori lavozimidan ozod qilindi.

          Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, universitet Rektori A.A.Abduxakimov prof. J.Eltazarovga ushbu lavozimda koʻp yillik samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda milliy urf-odatlarimizga koʻra unga chopon kiygizib, tashakkurnoma eʼlon qildi.

          Universitet Rektori A.A.Abduxakimov J.D.Eltazarovga universitet professori sifatida jonajon oliy taʼlim maskanining kelgusi faoliyatida aktiv ishtirok etadi, deb umid bildirdi. Oʻz navbatida prof. J.Eltazarov “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetini oyoqqa turgʻazish, uni mamlakatimizning eng peshqadam OTMlari qatoriga olib chiqish hamda milliy akkreditatsiya hamda attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida oʻzining kichik hissasi borligidan, ushbu navqiron va joʻshqin jamoada ishlaganidan mamnun ekanligini bildirdi hamda oʻzining kelgusi faoliyatida universitetimizning oʻquv, ilmiy ishlarida hamda xalqaro aloqalarida faol ishtirok etishga soʻz berdi.

                                                           

O'qilgan 253 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar