Bugun 28-noyabr kuni "Ipak yo’li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, universitet profilaktika noziri Sh.Qurbonov, psixolog D.Turdieva va tyutor P.Islomovlar tomonidan “25-noyabr-Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni" hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi munosabati bilan "Zo‘ravonnliksiz oila-farovon hayot sari" shiori ostida talaba-qizlar o‘rtasida davra suhbati va anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.