Yangiliklar: Mart 2024

Seshanba, 26 Mart 2024 12:19

E’LON

Spiker: Rudy Fang

Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori;

O‘zbekiston-Singapur turizm markazi™ (USTC™) bosh direktori;

Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo xalqaro turizm tadqiqot markazi (CASEA-InTouReC™);

Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov

Mavzu: MICE turizm: Singapur muvaffaqiyatini model sifatida foydalanish

O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali

Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024-yil 4-aprel (payshanba)

Kategoriya E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Оliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining topshirig‘iga muvofiq xalqaro tashkilotlar tomonidan tashqi beg‘araz ko‘mak (grant) mablag‘lari doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun ochiq bo‘lgan dastur va tanlovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqdа.
Grantlar tanlovi

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ko‘plab ijodga yaqin bo‘lgan talaba-yoshlar ta’lim-tarbiya olishadi. Bu esa universitet faxri hisoblanadi.

Joriy yilning 20-mart kuni oliygohimizda o‘tkazilgan rasmlar tanlovida ham ana shunday ijodkor talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘z  mahoratlarini  milliy  libos, rang tasvir  va  grafika  yo'nalishlarida sinab  ko‘rdilar.

 Talabalarning  ijodiy  ishlarini  kafedra  professor-o'qituvchilaridan  iborat hakamlar  hayati   adolatli  baholab borishdi va tanlovning  saralash  bosqichi g‘oliblarini  aniqlab  berishdi.Unga  ko'ra;

1-o‘rin Guide -123-guruh talabasi Davlatova Gulasal Shavkat qizi

2-o‘rin ManTour-122 talabasi Rabiddinova Fariza 

3-o‘rin Tour-123-guruh talabasi Baxronov Isfandiyor

Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘olib topilgan 3-nafar talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 25 Mart 2024 17:29

DIQQAT E’LON!

"Ipak yo'lida til, adabiyot, tarjima, turizm va madaniy meros sohasi tadqiqida innovatsion yondashuvlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qilamiz!

Samarqand bo'ylab sayohat ham aynan shu konferensiyada tashkil qilinadi.

Konferensiya 2024-yil 3-4-may kunlari bo'lib o'tadi!

Maqolalar qabulining so'nggi kuni: 2024-yil 25-aprel

Murojaat uchun: Qandiya Poyonova @Science_inno1 (993319654)

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 26-fevralidan 15-mart kuniga qadar universitetimiz “Turizm” kafedra o’qituvchisi Maftuna Kobilova Hindistonning Noida shahrida “Yovvoyi tabiat va ekologik turizmda ayollar va yoshlar tadbirkorligi" mavzusida bo`lib o`tgan o`quv kurslari va seminarlarda ishtirok etdi. 

O`quv kurslari va seminarlar Hindiston hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadlari atrof-muhitni va madaniy merosni muhofaza qilish, mahalliy iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash asosida barqaror turizmni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishdan iborat.

Bundan tashqari, ayollarning turizm sohasidagi faol ishtiroki va ularning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot markazida bo`lishi va unga o’z hissalarini qo’shishga undashni maqsad qilgan.

Xulosa qilib aytganda, turizm sohasini rivojlantirish va barqarorligini ta'minlash O'zbekistonda ham, Hindistondagi kabi  muhim masala bo'lib, bu boradagi tadqiqotlar hamda madaniy merosni muhofaza qilish, ekologik barqarorlik va turizm sohasida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish kabi sohalarda salmoqli yutuqlarga erishilayotgani kuzatilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 14-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetining ma'ruzalar zalida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda  Remin universiteti atrof-muhit fanlari maktabi dotsenti doktor Su Mingming “Madaniy meros turizmi va jamiyatni rivojlantirish” mavzuida onlayn ma'ruza qildi. Turizm va madaniy meros sohasi mutaxassislari, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan seminarni universitet prorektori, professor Toni Zou olib bordi.

Seminarda Remin universiteti Ekologiya fanlari maktabi professori, doktor Su Mingming madaniy meros turizmi va jamiyatni rivojlantirish - Xitoydan misollar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Doktor Su Mingming o'z taqdimotida madaniy merosning ta'rifi va turkumlanishi haqida gapirib, madaniy meros turizmining rivojlanishini uchun butun dunyo bo'ylab YUNESKO tomonidan belgilangan madaniy meros obe’ktlaridan misollar keltirdi. Xususan, Xitoyda madaniy meros va jamoatchilikning faol ishtiroki ta'kidlandi. Doktor Su Mingmingning yorqin va batafsil taqdimoti o'qituvchilar va talabalarga katta taassurot qoldirdi.

 Ma'ruzadan so'ng doktor Su Mingming o'qituvchilar va talabalarning savollariga javob qaytardi.

Kategoriya Yangiliklar

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizda barcha davlat tashkilotlarida respublika aksiyasi o‘tkazilib unga ko‘ra, bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzish, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni ixtiyoriy ravishda bir soat muddatda ko‘chaga chiqib sayr qilishi belgilangan.

Ushbu aksiya “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham o‘tkazildi. Aksiyada universitet binosi 14:00 dan 15:00ga qadar elektr tarmog‘idan uzildi va oliygoh professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari bir soat mobaynida sportning  shaxmat-shashka, badminton, stol tennisi kabi o‘yinlari va  rasm chizish, maroqli suhbat qurish, sayr qilish kabilar bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 25 Mart 2024 15:06

E’LON

Spiker:

Kristina SMORODINA, Cross Travel Agency direktori, mehmonxona inspektori, Uzbekistan Hospitality Awards hakamlar hay’ati a’zosi.

Mavzu: “Har biringiz O‘zbekiston turizmini rivojlantirishga mas’ulsiz”

Moderator: Turizm kafedrasi mudiri, Dr. Akmaljon Odilov.

O‘tkazilish joyi: 229-ma’ruza zali.

Vaqt: 11:00 - 12:00, 2024-yil 28-mart (payshanba)

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 25-mart kuni universitetimizning birinchi va uchinchi bosqich talabalari jamoalari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarni sportga jalb qilish orqali jismoniy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilishdan iborat. Sport tadbirida jamoalar bor kuch-g‘ayratini ishga solgan holda bellashdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, g‘olib jamoa keyingi o‘yinda birinchi va to‘rtinchi bosqich talabalari jamoalari bilan bellashadi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 21 Mart 2024 14:06

NAVRO‘ZI OLAM MUBORAK!

Bugun diyorimizda xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda sharqona yangi yil-Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi.

Mana shunday urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan bahoriy bayram Navro‘zi olam bilan barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilarini, xodimlarini hamda talaba-yoshlarni muborakbod etaman.

Qishning izg‘irinli kunlaridan so‘ng bahorning yoqimli havosi va ona tabiatning o‘yg‘onishi kishi qalbiga o‘zgacha kayfiyat baxsh etadi. Biz Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutamiz.

 Bejizga aynan ushbu bayram shaharu, qishloqlarda xalq sayllari va turli milliy o‘yinlar hamda milliy taomlar bilan kutib olinmaydi. Chunki har birimiz o‘z qadriyatlarimiz, milliyligimiz hamda urf-odatlarimiz bilan faxr-iftixor tuyg‘usini his qilib yashaymiz.

Bugungi kunda yurtimizda madaniy meros turizmi keng ravnaq topgan. Ushbu sohaga malakali mutaxassis tayyorlash va madaniy meros sohasining yetuk kadrlarini tayyorlab berish yosh universitetimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mana shunday xayrli ishda barchangizga omad yor bo‘lishini tilagan holda yana bir bor Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Birinchi prorektori, prof. D.Nasimov

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 12 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar