Ushbu kun munosabati bilan yurtimizda barcha davlat tashkilotlarida respublika aksiyasi o‘tkazilib unga ko‘ra, bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalarini tarmoqdan uzish, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni ixtiyoriy ravishda bir soat muddatda ko‘chaga chiqib sayr qilishi belgilangan.
Ushbu aksiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham o‘tkazildi. Aksiyada universitet binosi 14:00 dan 15:00ga qadar elektr tarmog‘idan uzildi va oliygoh professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari bir soat mobaynida sportning shaxmat-shashka, badminton, stol tennisi kabi o‘yinlari va rasm chizish, maroqli suhbat qurish, sayr qilish kabilar bilan mashg‘ul bo‘ldi.