Joriy yilning 26-fevralidan 15-mart kuniga qadar universitetimiz “Turizm” kafedra o’qituvchisi Maftuna Kobilova Hindistonning Noida shahrida “Yovvoyi tabiat va ekologik turizmda ayollar va yoshlar tadbirkorligi" mavzusida bo`lib o`tgan o`quv kurslari va seminarlarda ishtirok etdi.
O`quv kurslari va seminarlar Hindiston hukumati tomonidan moliyalashtirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadlari atrof-muhitni va madaniy merosni muhofaza qilish, mahalliy iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash asosida barqaror turizmni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishdan iborat.
Bundan tashqari, ayollarning turizm sohasidagi faol ishtiroki va ularning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot markazida bo`lishi va unga o’z hissalarini qo’shishga undashni maqsad qilgan.
Xulosa qilib aytganda, turizm sohasini rivojlantirish va barqarorligini ta'minlash O'zbekistonda ham, Hindistondagi kabi muhim masala bo'lib, bu boradagi tadqiqotlar hamda madaniy merosni muhofaza qilish, ekologik barqarorlik va turizm sohasida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish kabi sohalarda salmoqli yutuqlarga erishilayotgani kuzatilmoqda.