Payshanba, 21 Mart 2024 14:06

NAVRO‘ZI OLAM MUBORAK!

Bugun diyorimizda xususan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqandda sharqona yangi yil-Navro‘z bayrami shukuhi kezib yuribdi.

Mana shunday urf-odatlarimizni, qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan bahoriy bayram Navro‘zi olam bilan barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilarini, xodimlarini hamda talaba-yoshlarni muborakbod etaman.

Qishning izg‘irinli kunlaridan so‘ng bahorning yoqimli havosi va ona tabiatning o‘yg‘onishi kishi qalbiga o‘zgacha kayfiyat baxsh etadi. Biz Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutamiz.

 Bejizga aynan ushbu bayram shaharu, qishloqlarda xalq sayllari va turli milliy o‘yinlar hamda milliy taomlar bilan kutib olinmaydi. Chunki har birimiz o‘z qadriyatlarimiz, milliyligimiz hamda urf-odatlarimiz bilan faxr-iftixor tuyg‘usini his qilib yashaymiz.

Bugungi kunda yurtimizda madaniy meros turizmi keng ravnaq topgan. Ushbu sohaga malakali mutaxassis tayyorlash va madaniy meros sohasining yetuk kadrlarini tayyorlab berish yosh universitetimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mana shunday xayrli ishda barchangizga omad yor bo‘lishini tilagan holda yana bir bor Navro‘z bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
Birinchi prorektori, prof. D.Nasimov

O'qilgan 926 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar