Payshanba, 14 Mart 2024 17:32

Universitetimiz o‘qituvchisi va talabalari Londonda o‘tgan nufuzli konferensiyada qatnashdi

2024-yilning 23-25-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan nufuzli London Xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli (LIMUN) konferensiyasida universitetimiz “Turizm” kafedrasi o`qituvchisi Sanjar Mardonov boshchiligidagi talabalardan tashkil topgan delegatsiya a’zolari faol ishtirok etishdi.

LIMUN, Yevropadagi eng yirik universitet darajasidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konferensiyasi boʻlib, u dunyoning 60dan ortiq mamlakatlaridan kelgan 1200 dan ziyod yoshlarni birlashtirdi.

“Diplomatiyada insonparvarlik: global boshqaruvni rivojlantirish” (Humanity in Diplomacy: Reinvigorating Global Governance) mavzusida tashkil etilgan konferensiyada yosh ishtirokchilar dunyoning ayrim global muammolarini muhokama qilish va yechimlarni taklif qilish uchun birlashdilar. Muammolar yechimini topishda ular o‘zlari vakillik qilgan davlatlarning pozitsiyalari bilan o‘rtoqlashishdi.

-Biz “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarini LIMUNda namunali chiqishlari va maqtovga sazovor bo‘lganliklari uchun chin yurakdan tabriklaymiz. Ishonchimiz komilki, ushbu konferentsiya davomida to'plangan tajribalar ularni globallashgan dunyomizdagi murakkabliklarga qarshi kurashishga tayyor bo'lgan har tomonlama barkamol shaxs sifatida shakllantirishda muhim rol o'ynaydi,-“Turizm” kafedrasi o`qituvchisi Sanjar Mardonov.

O'qilgan 134 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar