Yurtimizda hukumatimiz tomonidan yosh avlod uchun juda katta imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ushbu imkoniyatlardan ko‘plab yoshlarimiz oqilona foydalanib yuqori muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Bu kabi yoshlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham talaygina. Ming afsuslar bo‘lsinki, bugun jamiyatimizda ayrim yoshlarimiz turli ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmoqda.
Joriy yilning 18-mart kuni universitetimiz talabalari, tyuterlar ishtirokida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida so‘z olgan mutasaddilar talaba-yoshlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishi, turli ta’qiqlangan sayt va kanallarga kirmaslik yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishdi.