27-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasova, “Til va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.Xalimova, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi o‘qituvchisi K.Akramovalar ishtirokida Samarqand Turizm texnikumi o‘qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Dastlab seminarda bugungi kunda Samarqand Turizm texnikumida o‘quvchi-qizlarning ta’lim-tarbiya borasidagi ishlarini yanada jonlantirish, ta’lim muassasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilardan hamda xodimlardan iborat xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish va bu borada turli mavzularda seminarlar, namunali darslarni ko‘paytirish xususida gapirildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘z fani bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib savollarga javob qaytarildi.