Dushanba, 01 Iyul 2024 11:00

Istanbul Turkistonliklar jamiyatiga ziyorati

2024-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib etish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorini hayotga joriy qilish tadbirlari doirasida universitetimiz vakillari “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, PhD, dots. To‘lqin Sultonov hamda kafedra professori Jo‘liboy  Eltazarov  Istanbul shahridagi Turkistonliklar Jamiyatiga tashrif qilib, bu yerda o‘zbek diasporasi yoshlariga o‘zbek tili va madaniyati darslarini tashkil etish, Turkiya Respublikasidagi ko‘pming kishilik turkistonliklar orasidan tarixiy ona-Vatanga turistlar oqimini ko‘paytırısh xususıda muzokaralar olıb bordılar. O‘tgan yili sentabr oyida Istanbul Turkistonliklar jamiyatining bir guruh a’zolari mamlakatimizga kelishgan hamda universitetimizda ular bilan dastlabki uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.2024-yil 25-iyun kuni O‘zbekiston Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi "Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib etish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorini hayotga joriy qilish tadbirlari doirasida universitetimiz vakillari “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, PhD, dots. To‘lqin Sultonov hamda kafedra professori Jo‘liboy  Eltazarov  Istanbul shahridagi Turkistonliklar Jamiyatiga tashrif qilib, bu yerda o‘zbek diasporasi yoshlariga o‘zbek tili va madaniyati darslarini tashkil etish, Turkiya Respublikasidagi ko‘pming kishilik turkistonliklar orasidan tarixiy ona-Vatanga turistlar oqimini ko‘paytırısh xususıda muzokaralar olıb bordılar. O‘tgan yili sentabr oyida Istanbul Turkistonliklar jamiyatining bir guruh a’zolari mamlakatimizga kelishgan hamda universitetimizda ular bilan dastlabki uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik masalalari muhokama qilingan edi.Universitetimiz vakillarini Jamiyat boshqaruv Kengashi raisi Akbar Yassa va a’zolari shoir Mehmet Sharhan, Ismail Jengiz kutib oldilar hamda Jamiyatning yaqinda ishga tushirilgan binosi va jamiyat tarafidan amalga oshirilayotgan milliy-madaniy tadbirlar  bilan tanishtirdilar. Istanbul Turkistonliklar Jamiyati 1930-yillarda Sho‘ro hokimiyati zulmidan qochgan ilk o‘zbek muhojirlari tomonidan tashkil etilgan hamda 1954-yildan faoliyatini yaqinda yangidan qurilgan Istanbulning Oqsaroy mahallasidagi ma’lum va mashhur binoda davom ettirib kelmoqda. Jamiyat ona-Vatan va O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi bilan yaqından aloqa o‘rnatgan bo‘lib, bu yerda ikkinchi va uchinchi avlod vatandoshlarimiz farzandlariga o‘zbek tili va madaniyati, o‘zbek urf va an’analari o‘rgatiladi. Jamiyat bilan universitetimiz o‘rtasida o‘tgan yili kelishilgan ahdlashuvlarga bınoan, jamiyatga o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek madaniyati va tarixiga doir kitoblar va albomlar, milliy hunarmandchilik buyumlari sovg‘a qilindi. Jamiyat Boshqaruvining talabiga ko‘ra shu yil sentabr oyidan e’tiboran Turkistonliklar Jamiyati a’zolari farzandlari uchun universitetimizning eng yaxshi pedagog-o‘qituvchilari tomonidan masofaviy o‘zbek tili darslari tashkil etiladi, madaniyat va ta’lim sohasidagi hamkorlik turli shakllarda davom ettiriladi.Uchrashuv so‘ngida Jamiyat a’zolari vatandoshlarning ta’limiy va madaniy-milliy ehtiyojlarini qondirishda yaqindan yordam berayotganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga, Turizm Qo‘mitasi hamda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

O'qilgan 450 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar