Chorshanba, 24 Iyul 2024 11:51

Bitiruvchilarimiz respublika, viloyat miqyosidagi nufuzli tashkilotlarda o‘z mehnat faoliyatini boshlab yubordi

Kuni kecha 23 iyul universitetimizning bitiruvchilar bo‘lgan 340 nafar talabasi uchun unutilmas kun bo‘ldi. Tadbirda Turizm qo‘mitasi mutasaddilari, universitetimiz rahbariyati, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari hamda 2023-2024 o‘quv yilida bitirayotgan kunduzgi, sirtqi bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Dastlab tadbirda universitetimiz rektori A.Abduxakimov barcha bitiruvchilarga bayram tabrigi yo‘lladi. Shundan so‘ng Turizm qo‘mitasi va universitetimiz mutasaddilari hamda bitiruvchilar, ularning ota-onalari tomonidan dil izhorlari bildirildi. 

Shundan so‘ng o‘tgan o‘quv yilida faol va tashabbuskor bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga hamda yil davomida universitetimiz bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan turizm sohasi rahbarlariga tashakkurnomalar topshirildi.

– “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan doimiy hamkorlikda ish olib boramiz. Har yili ko‘plab talabalar Samarqanddagi “Air Marokanda” xalqaro aeroportida amaliyot o‘tash bilan birga shu yerda mehnat faoliyatini ham davom ettirmoqda. Xalqaro aeroportda faoliyat olib borayotgan universitet bitiruvchilarining bilimi va tashabbuskorligi tahsinga sazovor,-deydi “Air Marokanda” xalqaro aeroporti ish boshqaruvchisi A.Nasriev.

Bitiruvchilar uchun eng hayajonli daqiqalar. Yillar mobaynidagi o‘qish va mehnat natijasi bo‘lgan mustaqil hayotga yo‘llanma diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.  

            -Men Andijon viloyatidan kelib ushbu nufuzli unversitetda ta’lim olganligimdan benihoya faxrlanaman. Bugun ingliz tilida xuddi ona tilim o‘zbek tilidek ravon gaplasha olaman. Eng muhimi men bugun viloyat hokimligining xalqaro bo‘limida o‘z faoliyatimni boshlab yubordim,- deydi bitiruvchimiz Sh.Hayitboev.     

O'qilgan 497 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar