Chorshanba, 17 Iyul 2024 15:53

Janubiy Koreaning Namseul universitetida “O‘zbekshunoslik” kafedrasi ochildi.

 “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda kafedra o‘qituvchisi Muslima Amiriddinovalar Janubiy Korea respubliksida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bugun 17-iyul kuni universitetimiz vakillari Namseul universitetiga tashrif buyurishdi va ushbu universitetning vitse-prizedenti, professor Yun-Seok Li (Yun-Seok, Lee) va boshqa ma’sullar tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda ikki universitet kelishuvi asosida ochilayotgan “O‘zbekshunoslik” kafedrasining faoliyati haqida atroflicha suhbatlashildi. Suhbat davomida kafedraning O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini Janubiy Koreada keng targ‘ib qilishda muhim o‘rinni egallashiga ishonch bildirildi.Vitse-prizedenti, professor Yun-Seok Li (Yun-Seok, Lee) tomonidan “O‘zbekshunoslik” kafedrasiga ma’sul etib universitetning O‘zbekistonlik professori Zoir Sattarov tayinlandi.
Eslatib o‘tmiz, O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini targ‘ib qiluvchi “O‘zbekshunoslik” kafedralari faoliyatini xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Janubiy Korea respublikasida yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-son qarorida keltirilgan.

O'qilgan 597 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar