Juma, 26 Iyul 2024 16:29

2024/2025 oʻquv yilida turizm, logistika, menejment va mehmonxona boshqaruvi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishining kunduzgi shaklida 2- va 3-kurs talabalari uchun stipendiya imkoniyati!

Biz eng iste’dodli talabalar uchun “Turizm kafedrasi” stipendiyasini e’lon qilayotganimizdan mamnunmiz! Agar siz o’tgan o’quv yilida akademik, ilmiy va professional jihatdan yuqori natijalarga erishgan bo'lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyatdir. Quyida “Turizm kafedrasi” stipendiyasi TALABLARI bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar o’zingizni stipendiyaga loyiqman deb o’ylasangiz – ushbu stipendiya SIZ uchun! Tanlov mezonlari: Akademik ballar (40%) GPA va baholar reytingi: GPA (min. 85%) va baholar reytingingizni ko'rsatuvchi baholar reytingini taqdim eting. A’lo akademik ko'rsatkichlar muhimdir. Motivatsion xat (25%) Nima uchun siz stipendiyaga loyiq ekanligingizni tushuntiruvchi, akademik yutuqlaringiz, karyera maqsadlaringiz va shaxsiy orzularingizni bayon etuvchi motivatsion xat yozing. O'z sohangizga bo'lgan motivatsiya va sadoqatingizni yoritib bering. Video CV (10%) Oldingi yutuqlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringizni yorituvchi professional va ijodiy video CV yarating. Video aniq va qiziqarli bo’lishi hamda unda qobiliyatlar to’liq yoritilishini ta'minlang. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (10%) Siz uchun eng yaxshi ustozning universitet va shaxsiy hayotizdagi o‘rni (kamida 3 ta ustoz) Til sertifikati (15%) TOEFL, IELTS va Milliy Sertifikat (CEFR) kabi amaldagi tilni bilish darajasi sertifikatini taqdim eting. Ikkinchi xorijiy tildagi sertifikga ustunlik beriladi. Stipendiya haqida ma’lumot: 1. Stipendiya miqdori – har oy 500.000 so’m 2. Davomiyligi – bir semestr Murojaat qilish tartibi: 1. Akademik transkriptlaringizni (GPA) yuklang; 2. Motivatsion xatingizni yuklang (500 ta so’z); 3. Video CV (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang; 4. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang; 5. Til bilish darajasi sertifikati (IELTS, TOEFL yoki milliy sertifikat CEFR)ni yuklang. Ariza topshirish havolasi: https://shorturl.at/kEhKP Ariza topshirishning oxirgi muddati: 18.08.2024

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar