Dushanba, 23 Sentyabr 2024 17:13

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols universitetimiz talabalari bilan muloqot qildi

15-16 sentabr kunlari mamlakatimizga xususan Samarqandga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi xalqaro Turizm Akademiyasiga faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki bugungi kunda O‘zbekiston-Germaniya davlatlari o‘rtasidagi xamkorlik aloqalari kun sayin yaxshilanib borayotganligi turizmda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.  Markaziy Osimyoda yagona bo‘lgan Turizm Akademiyasi yuqori martabali mehmonda juda katta taassurot qoldirdi. Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Turizm Akademiyasida universitetimizning bir guruh talabalari bilan O‘zbekistonda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning bilimga chanqoqligi kabi masalalarda muloqot o‘tkazdi. 

O'qilgan 236 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar