Dushanba, 23 Sentyabr 2024 09:58

Indoneziya  Respublikasining  5-Prezidenti  Megavati  Sukarnoputri universitetimiz “Faxriy professori” bo‘ldi

Joriy yilning 19­-22-sentyabr kunlari Indoneziya  Respublikasining 5-Prezidenti  Megavati  Sukarnoputri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari koʻhna Samarqandga shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar tashrif davomida 21-sentyabr kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida boʻlishdi. Delegatsiyani Ekologiya,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  iqlim  oʻzgarishi  vaziri va oliygoh rektori Aziz Abduxakimov kutib oldi. Dastlab mehmonlar universitet kampusida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, madaniy meros namunalarini koʻzdan kechirdi. Shundan soʻng Megavati  Sukarnoputri xonim va Aziz Abduxakimov oʻrtasida muloqot oʻtkazilib, unda ikki tomonlama hamkorlik borasidagi amaliy ishlarni yanada yaxshilash borasida fikr almashildi. Tadbirning asosiy qismi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistratura yoʻnalishini bitirgan 45 nafar xorijlik va 74 nafar mahalliy talabaga tantanali diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Shu bilan birga, universitet rektori Aziz Abduxakimov tomonidan Indoneziya  Respublikasining  5-Prezidenti  Megavati Sukarnoputriga turizmni rivojlantirish va madaniy merosni asrash borasidagi yuksak natijalarini yuqori e’tirof etish maqsadida, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Faxriy professori” diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Oliygoh hududida Megavati Sukarnoputri hamda Aziz Abduxakimov, Indoneziyaning birinchi Prezidenti Sukarnoning O‘zbekistonda diniy va madaniy turizmni rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib “Sukarno bog‘i”ni ochishdi.

Kuning ikkinchi yarmida mehmonlar BMT Turizm bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro Turizm Akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va Megavati Sukarnoputri tomonidan Akademiyaga 200dan ortiq kitoblar hadya qilindi.

O'qilgan 246 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar