Chorshanba, 25 Sentyabr 2024 12:39

Mutasaddilar Talabalar turar joylarida yashovchi talabalarga zarur tavsiyalar berishdi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Orientation Week” doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan birinchi bosqichga qabul qilingan talaba-qizlar universitetning talabalar turar joyida joylashtirildi.

2024-yilning 24-sentabr kuni “Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz” shiori ostida universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, profilaktika inspektori Sh.Qurbonov hamda birinchi bosqich tyutori P.Islomovlar talabalar turar joyiga tashrif buyurib birinchi bosqichga qabul qilingan talaba-qizlarni universitetning ichki odob-axloq qoidalari va yashash  sharoitlari bilan hamda talabalar turar joyidagi xonalarda talab qilinadigan qoidalarga amal qilgan holda tozalik va ozodalikka rioya qilish, shaxsiy gigiyena, muloqot madaniyati, huquq va burchlari, yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo’yicha yetarli tushuntirish ishlarini olib borishdi va o‘zlarining zarur tavsiyalarini berishdi.

O'qilgan 132 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar