Yangiliklar: Sentyabr 2024

2024-yil 17-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet Yoshlar yetakchisi S.Haydarov, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi mutaxassisi D.Vastayevalar universitetning 1-bosqichida qabul qilingan talaba-qizlar va ularning ota-onalari bilan yaqindan muloqotda bo’lib, yangi o‘quv yilida Talabalar turar joyida talaba-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib kelmoqdalar.

Ijara xonadonlarida va talabalar turar joyida yashash istagi bo’lgan talabalar-qizlarga ma’lumotlar bilan tanishtirish davom etmoqda.

Bugungi kunda talabalar turar joyi va ijara xonadonlari masalasi yuzasidan markazga murojaat qilayotgan ota-onalar va talabalar o‘z muammo va masalalarini ijobiy hal qilib kelmoqdalar.

Kategoriya Yangiliklar

Belarus Respublikasining Minsk shahrida o‘tkazilgan mazkur tadbir davlatlar o‘rtasida tashkillashtirilgan birinchi forum hisoblanadi. Bo‘lib o‘tgan forumda ikki davlat vazirlik va qo‘mita rahbariyat vakillari, turizm yo‘nalishida ta‘lim berib kelayotgan oliy ta‘lim muassasalari, va turistik agentliklar vakillari ishtirok etdi.

“Ipak yo‘li” ” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari  tomonidan universitet hamda turizm akademiyasi faoliyatida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘z chiqishlarida ma‘lumot berib o‘tdilar va bir nechta Belarus Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.

Kategoriya Yangiliklar

Ma’lumki, 2023-yil 20-oktyabrda shahrimizda Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida UNWTO hamkorligidagi tematik ofis ochilgan edi. “Ipak yo‘li” xalqaro brendi loyihalari, tashabbuslari va tadqiqotlarini olib borish maqsadida tashkil etilgan mazkur tematik ofis bugungi kunda universitetimizning tadqiqotchilari va doktorantlarining doimiy to‘planadigan, ilmiy ishlarini muhokama etadigan, shuningdek ilmiy tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka ma’lum qiladigan sevimli maskanga aylanib ulgurdi. Bu boradi ilmiy tadqiqotchilarga va doktorantlariga yetarli shart-sharoit yaratish, ilmiy tadqiqot mavzulariga oid turli seminarlarni tashkil etish, shuningdek turizm va madaniy meros sohasi bo‘yicha nufuzli mahalliy va xorijiy olimlarni jalb etish orqali ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha mahorat darslarini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan universitet Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi xodimlarining tashabbuslarini alohida e’tirof etish maqsadga muvofiq.

Joriy yilning 10-sentabr kuni UNWTO tematik ofisiga tashrif buyurgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, universitet rektori Aziz Abduxakimov hamda BMT Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faxriy professori Zurab Pololikashvili tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bu yerda yaratilgan ilmiy muhitni yuqori baholashdi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashning kelgusidagi barcha yig‘ilishlarini UNWTO tematik ofisida o‘tkazishga ko‘rsatma berdilar. Shu sababli, joriy yilning 13-sentabr kuni UNWTO tematik ofisida universitet huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarida universitet tadqiqotchisi Karshiyev Adxam Anvarovichning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turizm sohasini strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, universitetning yana bir tadqiqotchisi Xashimova Madina Muradxanovnaning 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi ham bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in o‘tgan seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchilarning olib borgan ilmiy tadqiqot natijalari komissiya a’zolari tomonidan yuqori baholanib, tadqiqotchilarga ilmiy ishlarini “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha Ilmiy kengashda himoya etishga tavsiya etishdi.

Shuningdek, joriy kunda universitet tadqiqotchisi Xamdamov Amriddin Xamdam o‘g‘lining 08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan dissertatsiya ishi himoyasi natijasiga ko‘ra, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan Xamdamov Amriddin Xamdam o‘g‘lining                   08.00.17-“Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Turizm sohasida raqamli integratsiya resurslaridan samarali foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi dolzarb mavzuga bag‘ishlanganligi, ilmiy yangiliklari yetarli darajada asoslanganligi va tugallangan ilmiy tadqiqot ishi ekanligi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomida (PhD) qo‘yilgan talablariga to‘la javob berishligi e’tirof etildi va tadqiqotchi da’vo qilayotgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.

Bundan tashqari universitet huzuridagi Ilmiy Kengashning mazkur majlisida Kengash raisi A.Eshtayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan universitet Ilmiy Kengashining 2024-yil 20-iyuldagi 7-son qarori tasdiqlanganligini ma’lum qilib, universitet tadqiqotchisi To‘xtamishov Aziz Qahramonovichga 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilganligini ma’lum qildi hamda iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) diplomini tantanali topshirdi. Kengash a’zolari ham To‘xtamishov Aziz Qahramonovichni erishgan muvaffaqiyati bilan qizg‘in tabriklashdi va kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyalar tilashdi.

Ma’lumot uchun: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash Muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli Qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda turizm va madaniy meros sohalarida faol ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarga o‘zlarining ilmiy yangiliklari va yutuqlarini ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilish imkoniyatini bermoqda.

Kategoriya Yangiliklar

         Joriy yilning 10-sentabr kuni Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashivili Samarqand shahridagi Xalqaro turizm akademiyasiga tashrif buyurdi. Zurab Pololikashvili o‘zining tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimov hamrohligida Xalqaro turizm akademiyasi faoliyati va ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

         Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Xalqaro turizm akademiyasi 2023 yilning oktabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi doirasida ochilgan edi. Akademiyaning o‘quv dasturi Shveysariya mehmondo‘stlik maktablari tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Mashg‘ulotlar chet ellik o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Akademiyani tamomlaganlarga hamkor ta’lim muassasalari tomonidan tan olingan sertifikat beriladi. Har bir modulni tugatgandan so‘ng talabalar xususiy sektor hamkor kompaniyalarida amaliyot o‘tash orqali soha bo‘yicha tajribaga ega bo‘ladi.

–  O‘tgan yilgi yubiley sessiyamiz chog‘ida mazkur akademiyani ochganimizda hali bu yerda ishlar yakuniga yetmagan edi. Bugun esa akademiyada butunlay o‘zgacha muhit yaratilganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Buning uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Dunyoda bunday muassasalar ko‘p emas, Samarqanddagi akademiyamiz ular orasida o‘z imkoniyatlari bilan ajralib turishi, shubhasiz. Ayni paytda Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarida ham turizm sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari tashkil etishga qiziqish bildirilmoqda. Men bugun shunga amin bo‘ldimki, ularga Samarqand akademiyasini namuna qilib ko‘rsatishimiz mumkin ekan. Biz kelgusi yilda Samarqandda turizm uchun kadrlar tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi xalqaro forumni o‘tkazmoqchimiz. Mazkur akademiya esa bunda asosiy baza bo‘ladi.- deydi Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashivili.

         Tadbir chog‘ida Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashviliga “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Kategoriya Yangiliklar

VET4UZ loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “41010302 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha dual ta’lim dasturini sifatli amalga oshirish maqsadida, loyiha doirasida 2024-yil 9–10-sentabr kunlari “International” mehmonxonasida “Mehmonxona sanoatida dual ta’limni joriy etish” mavzusidagi trening o‘tkazildi.

Trening Professional ta’limni rivojlantirish instituti ekspertlari tomonidan mehmonxona xo‘jaligi sohasidagi xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda viloyat boshqarmalari, hamkor institutlar, universitetlar va mehmonxonalar hamda pilot kollej va texnikumlar vakillari uchun o‘tkazildi.
Ochilish nutqlari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Utkirjon Alijonov va shveytsariyalik VET4UZ loyihasi rahbari Simone Strasburger so‘zga chiqdilar.

Trening davomida ekspertlar dual ta’limning ahamiyati va uning ish beruvchilar uchun afzalliklari, professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish, uni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, loyiha doirasida “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha dual ta’lim dasturini ishlab chiqish bosqichlari haqida ma’lumot berdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar materialni yanada chuqurroq o‘zlashtirish, hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va nazariy bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llash uchun tajriba almashish imkonini beruvchi guruh ishlarida amaliy topshiriqlarni bajarishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 12 Sentyabr 2024 13:11

Milliy liboslarimiz milliy fahrimiz!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Xon atlas” haftaligi doirasida “Milliy liboslar” aksiyasi  tashkil etilib, universitetning barcha professor-o‘qituvchi hamda xodimlari ko‘tarinki kayfiyatda Milliyligimizni targ‘ib qiluvchi milliy liboslarimizda ish kunlarini boshlashdi.

Universitetimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar
Milliy liboslarimizni  ko‘rib xayratlarini yashirishmadi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 11 Sentyabr 2024 17:33

E'lon

2024-yil 13-sentabr kuni soat 11:30 da (Tematik ofisi) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Xashimova Madina Muradxanovnaning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun, yozilgan dissertatsiyasi Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko'chasi 3-uy

Kategoriya E'lonlar
Chorshanba, 11 Sentyabr 2024 17:20

E'lon

2024-yil 13-sentabr kuni soat 10:00 da (Tematik ofisi) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadqiqotchisi Karshiyev Adxam Anvarovich 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turizm sohasini strategik rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi Ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Samarqand shahar, Bobur Mirzo ko'chasi 3-uy

Kategoriya E'lonlar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika Oliy ta’lim kengashi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini e’lon qilindi.

“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovga ishtirok etish istagida bo‘lganlar 15-sentabrga qadar Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limiga murajaat qilishlari so‘raladi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 11-sentyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashining 1-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigilishda taklif qilinganlar: universitetning birinchi prorektori D.Nasimov, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Negmatov, Kasaba uyushmasi raisi S.Matlabov va Kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi A.Xalbayevlar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda maslahat kengashi 2024/2025 o’quv yili ish rejasini tasdiqlash, odob-axloq qoidalari, yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan bir qator ishlar, korrupsiyaga oid tushunchalar, “Xon atlas” haftaligini oʻtkazish, talaba-qizlar ortasida “Zakovat” inteliktual oʻyinlarinini tashkil qilish hamda unversitetda ta’lim olayotgan talaba-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida soʻz yuritildi. Kelgusidagi istiqbolli maqsad va vazifalar atroflicha tahlil etildi.

Yigʻilish qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kategoriya Yangiliklar
4 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar