Juma, 13 Sentyabr 2024 10:57

Mehmonxona sanoatida dual ta’limni joriy etish

VET4UZ loyihasi doirasida ishlab chiqilgan “41010302 – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha dual ta’lim dasturini sifatli amalga oshirish maqsadida, loyiha doirasida 2024-yil 9–10-sentabr kunlari “International” mehmonxonasida “Mehmonxona sanoatida dual ta’limni joriy etish” mavzusidagi trening o‘tkazildi.

Trening Professional ta’limni rivojlantirish instituti ekspertlari tomonidan mehmonxona xo‘jaligi sohasidagi xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda viloyat boshqarmalari, hamkor institutlar, universitetlar va mehmonxonalar hamda pilot kollej va texnikumlar vakillari uchun o‘tkazildi.
Ochilish nutqlari bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i Utkirjon Alijonov va shveytsariyalik VET4UZ loyihasi rahbari Simone Strasburger so‘zga chiqdilar.

Trening davomida ekspertlar dual ta’limning ahamiyati va uning ish beruvchilar uchun afzalliklari, professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish, uni amalga oshirishdagi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, loyiha doirasida “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha dual ta’lim dasturini ishlab chiqish bosqichlari haqida ma’lumot berdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar materialni yanada chuqurroq o‘zlashtirish, hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va nazariy bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llash uchun tajriba almashish imkonini beruvchi guruh ishlarida amaliy topshiriqlarni bajarishdi.

O'qilgan 276 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar