Seshanba, 17 Sentyabr 2024 09:48

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashning shaffof va samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgan

2024-yil 17-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, universitet Yoshlar yetakchisi S.Haydarov, Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi mutaxassisi D.Vastayevalar universitetning 1-bosqichida qabul qilingan talaba-qizlar va ularning ota-onalari bilan yaqindan muloqotda bo’lib, yangi o‘quv yilida Talabalar turar joyida talaba-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirib kelmoqdalar.

Ijara xonadonlarida va talabalar turar joyida yashash istagi bo’lgan talabalar-qizlarga ma’lumotlar bilan tanishtirish davom etmoqda.

Bugungi kunda talabalar turar joyi va ijara xonadonlari masalasi yuzasidan markazga murojaat qilayotgan ota-onalar va talabalar o‘z muammo va masalalarini ijobiy hal qilib kelmoqdalar.

O'qilgan 263 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar