Yangiliklar: Sentyabr 2024

Juma, 20 Sentyabr 2024 16:56

20-sentabr “Xalqaro tozalik kuni”

20-sentabr “Xalqaro tozalik kuni”

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning
25-26-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar Kengashi”ning yillik yig‘ilishida valontyor talabalar ishtirokini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Samarqand davlat universiteti, Samarqand chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari ma’sullari ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi yig‘ilishda  mutasaddilar tomonidan ushbu yirik tadbirning sifatli va samarali o‘tishida

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizda 22-sentabr  “Xalqaro  avtomobilsiz  kun” munosabati bilan videochelenj o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizda #Stop korrupsiya heshtigi ostida chellenj o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida” gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘lim boshliqlari S.Samariddinov hamda A.Sultonovlar Fransiyada bo'lib o'tayotgan IFTM Top Resa xalqaro turizm ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko'rgazma 1978-yildan beri muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Ushbu yilgi ko‘rgazmaga jami 30 mingdan ziyod ishtirokchilar tashrif buyurgan.

Ko'rgazmaning O'zbekiston pavilionida “Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti burchagi tashkil etilib, universitet faoliyati, xorijiy talabalar uchun ajratilgan grant dasturlari hamda Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan YUNESKO bosh konferensiyasi targ'iboti keng ko'lamda tashkil etildi.

Ko‘rgazma tafsilotlari xususida keyingi yangiliklarimizda berib boramiz.

Kategoriya Yangiliklar

19-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilari Kengashining “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish” mavzusida 9-yillik anjumanini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Investitsiya sanoat va savdo vazirligi Xalqaro xamkorlik departamenti boshlig’i Ruhillo Zikrillayev, Investitsiya sanoat va savdo vazirligi XXR bilan xamkorlik bo‘limi boshlig‘i Begzod Egamov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy offisi бosh mutaxassisi Shahnoza Pulatova hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tashkilotchilari vakillari Kai Cheng, Monimita Sarkar, Alessio Maneslar ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida Samarqand davlat universiteti, Samarqand chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitining bir guruh volontyor-tarjimon talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib tarjimon-volontyorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm madaniy meros xalqaro universiteti bo‘lim boshlig‘i To‘xtamishov Aziz Qahramonovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yil 14-sentabrda Xitoyning Milliy falsafa va ijtimoiy fanlarni rejalashtirish idorasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori professor Zou Tongqian Xitoy Milliy ijtimoiy fanlar jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy loyiha uchun tasdiqlanganligini e’lon qildi. Bugungi kunga kelib, professor Zou Xitoy ijtimoiy fanlar fondidan asosiy loyiha, asosiy loyiha va umumiy loyihani, shuningdek, Xitoy tabiiy fanlar fondidan umumiy loyihani oldi. Milliy ijtimoiy fanlar jamg'armasi va milliy tabiiy fanlar jamg'armasi mos ravishda Xitoyda ijtimoiy fanlar va tabiiy fanlar uchun eng yuqori ilmiy moliyalashtiruvchi organlardir.

Yangi tasdiqlangan loyiha "Omni-media davridagi mashhur Internet-turizm iqtisodiyotining operatsion mexanizmi va boshqaruvini tadqiq qilish" deb nomlanadi. Ushbu loyiha sayyohlik internet mashhur iqtisodiyotining noyob dinamikasini va uning Xitoyda turizm rivojlanishiga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot onlayn platformalar va ijtimoiy media orqali mashhurlikka erishgan sayyohlik yo'nalishlarini boshqarish va marketingi bo'yicha qimmatli fikrlarni taqdim etadi. Mashhur internet iqtisodiyotining rivojlanayotgan dinamikasini o'rganib chiqib, loyiha davlat boshqaruvi va internetdagi mashhur sayyohlik yo'nalishlarining barqaror rivojlanishi uchun amaliy strategiyalarni taqdim etishga intiladi.

Professor Zouning tadqiqotlari uni Xitoyning rivojlanayotgan turizm sanoatida yetakchi o‘ringa qo‘yishda davom etmoqda va siyosatchilar va turizm manfaatdor tomonlarini qo‘llab-quvvatlovchi tanqidiy tahlillarni taqdim etadi. Topilmalar butun dunyo bo‘ylab turizm sohasidagi nazariy tadqiqotlarga ham hissa qo‘shadi.

Kategoriya Yangiliklar

 

Ixtisoslik shifri va nomi

Doktorantura

Tayanch doktorantura  

Maqsadli doktorantura

Stajor-tadqiqotchi

   

DSc

PhD

DSc

PhD

 

1

08.00.05-Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti

0

1

0

0

0

2

08.00.13-Manejment

0

1

0

0

0

3

10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

0

1

0

0

0

4

17.00.06-Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash

1

1

0

0

0

5

08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati

0

2

0

0

0

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 14-iyundagi 211-sonli 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tiilarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati va ularning darajalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrig‘iga asosan, Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizomning 3-bob 16, 18 va 19-xatboshlariga ko‘ra, Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligining stajor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

Magistr darajasiga yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha - kamida Cl darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jumalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha - kamida B2 darajasida, boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha -kamida Bl darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlaga ega bo‘lganlar;  

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar;

Doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha - kamida Cl darajasida, gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jumalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha - kamida B2 darajasida, boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha -kamida Bl darajasida xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlaga ega bo‘lganlar;  

Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.

Tayanch doktorantura uchun talab qilinadigan hujjatlar: (ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o‘qish uchun)
ariza;

xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;

qisqacha biografik ma’lumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;

Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Doktorantura uchun talab qilinadigan hujjatlar: (ishlab chiqarishdan ajratilgan holda o‘qish uchun)
ariza;
xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Mustaqil izlanuvchilik uchun talab qilinadigan hujjatlar:(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish uchun)
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish har chorakning uchinchi oyigacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va ta’lim muassasasidagi qabul komissiyasining tegishli xulosasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2024-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha  Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda qabul qilinadi. Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ma’lumot uchun telefonlar: +998 66 240 67 85

Kategoriya E'lonlar

2021-yildan buyon Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Germaniyaning Konstanz shahridagi Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari har yili DAAD grand dasturi orqali amaliyot o‘tab kelishmoqda, ilmiy ishlarini rivojlantirib, Konstanz universiteti talabalari bilan o‘z bilimlarini baham ko‘rishmoqda.

2024-yilning 13-sentabr kuni ikki universitet tashabbusi bilan “Barqaror turizm menejmenti va Oʻzbekistonda Jahon merosi obyektlari” mavzusida akademik muloqot konferensiyasi tashkil etildi. Ushbu anjuman ana shu hamkorlikning davomi sifatida butun dunyo bo‘ylab olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislar va amaliyotchilar umumiy maqsad – bizning bebaho meros obyektlarimizni boshqarish uchun barqaror yechimlarni o‘rganish bilan birlashishgan.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar