Payshanba, 19 Sentyabr 2024 15:34

Yirik anjuman oldidan volontyor talaba-yoshlar uchun o‘quv seminari tashkil qilindi

19-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilari Kengashining “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish” mavzusida 9-yillik anjumanini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Investitsiya sanoat va savdo vazirligi Xalqaro xamkorlik departamenti boshlig’i Ruhillo Zikrillayev, Investitsiya sanoat va savdo vazirligi XXR bilan xamkorlik bo‘limi boshlig‘i Begzod Egamov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalar Milliy offisi бosh mutaxassisi Shahnoza Pulatova hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki tashkilotchilari vakillari Kai Cheng, Monimita Sarkar, Alessio Maneslar ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarida Samarqand davlat universiteti, Samarqand chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitining bir guruh volontyor-tarjimon talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib tarjimon-volontyorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  

O'qilgan 75 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar