Juma, 07 Mart 2025 15:13

Universitetimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayolga ehtirom” nomli tantanali tadbir tashkil qilindi.

Bugun 7-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida “Ayolga ehtirom” nomli tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda xotin-qizlardan iborat universitetimiz professor-o‘qituvchilari, turizm sohasi fidoyilari, ommaviy axborot vositalari vakillari  hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha turizm sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarni viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov muborakbod etdi va universitetimiz professor-o‘qituvchilariga hamda turizmda faol mehant qilgan xodimlarga minnatdorchilik bildirib, viloyat hokimligi nomidan Tashakkurnomalar topshirdi. Tadbirda talabalarimiz tomonidan tayyorlangan madaniy dastur bayramning yanada serfayz o‘tishiga xizmat qildi.

O'qilgan 211 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar