Payshanba, 19 Sentyabr 2024 15:35

Universitetimiz faoliyati Fransiyada o‘tkazilayotgan IFTM Top Resa xalqaro turizm va sayyohlik ko’rgazmasida keng targ’ib qilinmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida” gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘lim boshliqlari S.Samariddinov hamda A.Sultonovlar Fransiyada bo'lib o'tayotgan IFTM Top Resa xalqaro turizm ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko'rgazma 1978-yildan beri muntazam ravishda o'tkazilib kelinadi. Ushbu yilgi ko‘rgazmaga jami 30 mingdan ziyod ishtirokchilar tashrif buyurgan.

Ko'rgazmaning O'zbekiston pavilionida “Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti burchagi tashkil etilib, universitet faoliyati, xorijiy talabalar uchun ajratilgan grant dasturlari hamda Samarqand shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan YUNESKO bosh konferensiyasi targ'iboti keng ko'lamda tashkil etildi.

Ko‘rgazma tafsilotlari xususida keyingi yangiliklarimizda berib boramiz.

O'qilgan 257 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar