Seshanba, 17 Sentyabr 2024 11:35

“Barqaror turizm menejmenti va Oʻzbekistonda Jahon merosi obyektlari” mavzusida akademik muloqot konferensiyasi tashkil etildi

2021-yildan buyon Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Germaniyaning Konstanz shahridagi Amaliy fanlar universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlari har yili DAAD grand dasturi orqali amaliyot o‘tab kelishmoqda, ilmiy ishlarini rivojlantirib, Konstanz universiteti talabalari bilan o‘z bilimlarini baham ko‘rishmoqda.

2024-yilning 13-sentabr kuni ikki universitet tashabbusi bilan “Barqaror turizm menejmenti va Oʻzbekistonda Jahon merosi obyektlari” mavzusida akademik muloqot konferensiyasi tashkil etildi. Ushbu anjuman ana shu hamkorlikning davomi sifatida butun dunyo bo‘ylab olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislar va amaliyotchilar umumiy maqsad – bizning bebaho meros obyektlarimizni boshqarish uchun barqaror yechimlarni o‘rganish bilan birlashishgan.

O'qilgan 239 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar