Dushanba, 16 Sentyabr 2024 17:56

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari Ekologiya, atrof muhitni himoya qilish va iqlim o’zgarishlari vazirligi huzuridagi Turizm qo’mitasi delegatsiyasi tarkibida Belarus Respublikasi sport va turizm vazirligi taklifiga binoan Belarus – O’zbekiston Turizm forumida ishtirok etdi.

Belarus Respublikasining Minsk shahrida o‘tkazilgan mazkur tadbir davlatlar o‘rtasida tashkillashtirilgan birinchi forum hisoblanadi. Bo‘lib o‘tgan forumda ikki davlat vazirlik va qo‘mita rahbariyat vakillari, turizm yo‘nalishida ta‘lim berib kelayotgan oliy ta‘lim muassasalari, va turistik agentliklar vakillari ishtirok etdi.

“Ipak yo‘li” ” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari  tomonidan universitet hamda turizm akademiyasi faoliyatida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida o‘z chiqishlarida ma‘lumot berib o‘tdilar va bir nechta Belarus Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.

O'qilgan 176 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar