Dushanba, 23 Sentyabr 2024 11:25

YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishi hamda universitetimiz Fransiyada keng targ'ibot qilindi

Fransiyaning Parij shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasi elchixonasida diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi N.G'aniev hamda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi raisi U.Shadiyev O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar,  turizm sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib o'tishdi. 

Shuningdek tadbirlar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i S.Samaridinov Samarqand shahrining uch ming yillik tarixi, boy madaniy merosi,  qadriyatlari hamda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati, oliygoh huzurida tashkil etilgan UNWTO Turizm Akademiyasi haqida taqdimot o‘tkazib zarur ma'lumotlarni berib o'tdi.

O'qilgan 256 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar