Juma, 27 Sentyabr 2024 11:59

Universitetimizda “ORIENTATION DAYS” tadbirlari hamda 27-sentabr - Butunjahon Turizm kuni bayrami keng nishonlandi

Bugun universitetimizda birinchi bosqich talabalari uchun “ORIENTATION DAYS” tadbirlari hamda 27-sentabr- Butunjahon Turizm kuni bayrami keng nishonlandi. Shu munosabat bilan universitetimiz faollar zalida bayram tadbiri tashkil qilindi. Dastlab bayram tadbirida so‘z olgan universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov barcha tadbir ishtirokchilarini hamda birinchi bosqich talabalarni hurmatli rektorimiz A.Abduxakimov hamda jamoa  nomidan  muborakbod etdi. Tadbirda eng yuqori bal bilan IELTS sertifikatini olib talabalar safiga qabul qilingan bir guruh birinchi bosqich talabalariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda viloyat Turizm departamenti D.Narziqulov ham barcha ishtirokchilarni 27-sentabr - Butunjahon Turizm kuni bayrami bilan muborakbod etdi va turizm sohasida mutaxassis tayyorlashda faol bo‘lgan universitetimiz professor-o‘qituvchilariga hamda sohaga munosib hissa qo‘shgan  tadbirkorlarga “Tashakkurnoma”larni topshirdi.     

O'qilgan 37 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar