Dushanba, 30 Sentyabr 2024 11:33

“Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimovning 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuniga bayram TABRIGI

Assalomu alaykum hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari Sizlarni bugungi 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bugun yurtimizda xususan Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiyga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik borasida qator amaliy ishlarga qo‘l urilib kelinayati.

Bugun Yangi O‘zbekistonga xususan turizm va madaniy meros sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashda professor-o‘qituvchilarning o‘rni har qachongidanda muhim hisoblanadi. O‘z ustida tinmay ishlab talabalarga bor bilim va g‘ayratini bag‘ishlagan professor-o‘qituvchilarimiz davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilib kelinayapti.     

Bugungi kunda universitetimizdagi 3000 ming nafarga yaqin talabalarga 117 ta mahalliy va 10ga yaqin xorijlik professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda. Ularning 6 nafari professor, 25 nafari dotsent, 15 nafari katta o‘qituvchi, 35 nafari assisent va 32 nafari stajor o‘qituvchilar hisoblanadi. Albatta har bir oliy dargohning nufuzini ilmiy salohiyat belgilab beradi. Ushbu yo‘nalishda yutuqlarimiz tahsinga sazovor bo‘lib birgina ushbu o‘quv yilida universitetimiz o‘qituvchilaridan Aziz To‘xtamishov, Siroj Samiev, Iroda Ablaqulova, Nargiza Turdieva, Nilufar Raximova, Gavhar Jo‘raeva va Dilfuza Ma’rupovalar turizm, pedagogika va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini yoqlab doktorlik darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Biz ularni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.

Bundan tashqari universitet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridagi (Web of Science, Scopus, Elsevier) yuqori impakt faktorli jurnallarda o‘zlarining ilmiy yutuqlarini tizmli ravishda “Journal Of Tourism Management Research”, “International Journal of Hospitality & Tourism Administration” kabi xalqaro yuqri reytingli jurnallarda maqola sifatida chop etib kelmoqda.

Bugungi kunda universitetimizda 16 ta bakalavr yo‘nalishida, 7 ta magistratura yo‘nalishida mutaxassis tayyorlanib kelinmoqda. Yana bir quvonchli yangilik ushbu o‘quv yilidan  universitetimizda 5ta yangi yo‘nalishda talabalar qabul qilindi.  Bundan tashqari ushbu o‘quv yilidan “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi ham o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu kafedrada ilmiy salohiyati, bilimi yuqori bo‘lgan malakali 6 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Mana shu o‘rinda barcha bilim va tajribalari bilan yaqindan yordam berayotgan  professor-o‘qituvchilarga hamda universitetimiz prorektorlari professor Jozzef Hoffman hamda professor Toni Zoularga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 

 Kun sayin barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuksalib borayotgan universitetimizda ushbu o‘quv yilidan boshlab Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi 2 ta yirik loyihada ishtirok etmoqda.  Bular Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Halol turizm” va ERASMUS+ dasturining O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarini isloh qilish va o‘zgartirish, sifatini ta’minlash loyihalari hisoblanadi.

Universitetimizda xalqaro aloqalarni rivojlantirishda borasida ham muayyan ishlarga qo‘l urildi. Turizm va madaniy meros sohalarida malakali mutaxassis tayyorlab kelayotgan yosh universitetimiz ushbu yilga kelib dunyodagi jami 97ta nufuzli universitetlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida ushbu universitetlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik almashinuv ishlari olib borilayapti.  

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ushbu o‘quv yilida  universitetimizning jami 60 nafar professor-o‘qituvchilari AQSh, Xitoy, Angliya, Rossiya, Hindiston, Germaniya, Kanada, Shvetsariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Australiya, Belarus, Turkiya, Ozarbayjon, Ruminiya, Chexiya, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi  19 ta davlatlarda o‘tkazilgan yirik xalqaro malaka oshirish bilan birga turli anjumanlarda, simpoziumlarda faol ishtirok etishdi va xorijda olgan bilim va tajribalarini o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llab kelmoqda. 

O‘tgan o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetimiz kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 17 nafar o‘qituvchi va  15 nafar xodim Buxoro, Toshkent hamda Xiva shaharlariga, va Zomin dam olish zonalariga sayohati tashkil qilindi. 12 nafar o‘qituvchi yurtimizdagi sanotoriylarda dam olishi uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazilib g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Dunyoda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mashaqqatli kasb bo‘lmasa kerak. Borliqni anglash, ilm-fan sirlarini egallashda barcha birdek o‘qituvchi va murabbiylar ko‘magiga tayanadi. Shu bois, mamlakatimizda ular mehnatini e’zozlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va bu jarayon davom etmoqda.

Universitetimiz professor-o‘qituvchilari oldiga muhim vazifa yaqin kelajakda xalqaro akkredetatsiyadan o‘tish vazifasi qo‘yilgan. Men bu yo‘lda bor kuch bilim va malakalaringizni ishga solishingizga ishonaman va bu yo‘lda Siz azizlarga omad yor bo‘lishini tilayman.

 Sizlarni yana bir bor, bugungi 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Oilangizga qut-baraka, o‘zingizga sog‘lik-omonlik va ilmiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin.

Hurmat bilan,

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov.

O'qilgan 255 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar