“ORIENTATION DAYS” tadbiri doirasida birinchi bosqich talabalari “Tarjima va tarjimonlik tadqiqotlari” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kafedra mudiri T.Akramova o‘qituvchilarni tanishtirdi va talabalarga o‘z ustilarida ko‘proq ishlashi xususida o‘z tavsiyalarini berdi. Universitetimizda yangi tashkil qilingan ushbu kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan turli mavzularda burchaklar tashkil etilib, talabalarni xitoy, koreys, ingliz va rus xalqlari madaniyati bilan tanishtirishdi.
Koreys tili fani o‘qituvchisi M.Baymatova hozirgi kunda ommabop bo‘lgan ushbu tilning xususiyatlari haqida so‘zlab bergan bo‘lsa, rus tili va madaniyati fani o‘qituvchilari N.Turdiyeva va D.Ma’rupova rus xalqining milliy suvenirlari va shirinliklarini taqdim etdilar.
Xitoy milliy burchagida xitoy tili fani o‘qituvchilari O.Nabiev,
K. Baykabilov, O.Ibodullaevalar talabalarni maxsus mo‘yqalam va guash yordamida xitoycha belgilarni mustaqil ravishda tasvirlashga harakat qilishiga taklif qildilar.