Bugun 30-sentabr kuni universitetimiz faollar zalida 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlandi. Bayram tadbirida universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov so‘zga chiqib rektorimiz A.Abduxakimov nomidan barchani ushbu bayram bilan muborakbod etdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu o‘quv yilida universitetimizdagi 3000 ming nafarga yaqin talabalarga 117 ta mahalliy va 10ga yaqin xorijlik professor-o‘qituvchilar dars berib berishadi. Ularning 6 nafari professor, 25 nafari dotsent, 15 nafari katta o‘qituvchi, 35 nafari assisent va 32 nafari stajor o‘qituvchilar hisoblanadi. Albatta har bir oliy dargohning nufuzini ilmiy salohiyat belgilab beradi. Ushbu yo‘nalishda yutuqlarimiz tahsinga sazovor bo‘lib birgina ushbu o‘tgan o‘quv yilida universitetimiz o‘qituvchilaridan A.To‘xtamishov, S.Samiev, I.Ablaqulova, N.Turdieva, N.Raximova, G.Jo‘raeva va D.Ma’rupovalar turizm, pedagogika va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini yoqlab doktorlik darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bundan tashqari universitet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridagi (Web of Science, Scopus, Elsevier) yuqori impakt faktorli jurnallarda o‘zlarining ilmiy yutuqlarini tizmli ravishda “Journal Of Tourism Management Research”, “International Journal of Hospitality & Tourism Administration” kabi xalqaro yuqri reytingli jurnallarda maqola sifatida chop etib kelmoqda.
Tadbirda oliygohimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Hoffman so‘z olib barcha o‘qituvchilarni bayram bilan qutladi va xorijdan kelgan professor-o‘qituvchilar bilan tanishtirdi. Bayram tadbirida bir piyola choy tashkil qilinib, o‘tgan o‘quv yilida faol bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz universitetimizning qadrli professor-o‘qituvchilari hamda jonkuyar xodimlari!