Bugun 20-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida HoReCa bo‘limi tashabbusi bilan Turkiyadan tashrif buyurgan gastronomik turizm va mehmonxona biznesi sohalarida 25 yillik tajribaga ega malakali tadbirkor va menejer Ferah Cuneri Bircan bilan talabalarning uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda Ferah Cuneri Bircan Samarqandning gastronomik turizm va mehmonxona biznesida juda katta imkoniyatlari borligi va undan to‘g‘ri va oqilona foydalanish lozimligi xususida gapirdi.
Tadbirkor talabalarga o‘z hayotiy faoliyatidan kelib chiqqan holda sohada malakali mutaxassis bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida gapirib taqdimot o‘tkazdi. Tadbirkor ochiq muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.