O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 16-sentabrdagi № 07-1-1898 sonli topshiriq xatiga asosan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavr va magistratura bosqichidagi talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston turizmni rivojlantirishning istiqbollari” nomli maqolalar tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Tanlovda guruh va kursidan qat’iy nazar universitetning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan dastlabki uchta maqola universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
- ma’ruza matnlari 14 o‘lchamdagi shriftda 1 oraliqda, 3-5 varaq hajmda Times New Roman shriftida yozilgan va tahrir qilingan bo‘lishi lozim;
- ma’ruza mavzusining yuqorisida muallifning ismi, sharifi, o‘qiyotgan kursi va guruhi, telefon raqami va elektron manzili to‘liq ko‘rsatilishi kerak;
- mavzudan keyin annotatsiya, kalit so‘zlari uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) va mazmuni to‘liq yoziladi;
- ma’ruzaning oxirida alohida ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik taklif va tavsiya berilishi shart;
- matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, o‘ngdan – 1,5 sm, chapdan – 3 sm. o‘lchamda belgilanadi;
- ma’ruza matni 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda doc yoki docx formatida taqdim etiladi.
Muddat: maqolalarni 2025-yilning 5-fevraliga qadar ko‘rsatilgan E-mail yoki telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi (322 xona) hamda dekanatdan (236 xona) olishingiz mumkin.E-mail:Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. ; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Telefon raqami:+998662406785 (Telegram: @n_xoliqov)