Yangiliklar: Yanvar 2025

# E’TIROF

CNKI 2024-yilda yuqori baholangan olimlar roʻyxatini eʼlon qildi, universitetimiz prorektori, prof. Tongqian Zou “2024-yilgi CNKI yuqori iqtibos keltirgan olimlari” 1% qatorida bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.  Ma’lumot uchun; CNKI (Xitoy Milliy Bilim Infratuzilmasi) Xitoydagi eng yirik jurnal qog'oz ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.

CNKI so'nggi o'n yil ichida (2014-2023) boy ilmiy tadqiqot yutuqlari va ajoyib akademik ta'siri bilan xitoylik olimlarni xolis va ilmiy jihatdan baholab borish maqsadida 2024 yilda "CNKI Highly Cited Scholars" tanlov faoliyatini boshladi.

Xitoy bo'ylab 3,35 millionga yaqin olimlar dastlabki tanlovga kirishdi. "2024 CNKI yuqori iqtibosli olimlar" uchun ishlatiladigan baholash ko'rsatkichi mualliflari tomonidan chop etilgan maqolalarning og'irlashtirilgan umumiy PCSI (Paper Citation Standardized Index) ko'rsatkichidir.

Universitetimiz professori T. Zou biznes boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi olimlardan biri sifatida tan olindi. 2019-yildan buyon prof. T. Zou tomonidan chop etilgan deyarli barcha maqolalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Pekin xalqaro turizm tadqiqotlari universiteti nomidan chop qilinmoqda.

Ushbu yuqori e’tirof bilan hurmatli universitetimiz prorektori, prof. Toni Zouni jamoamiz nomidan muborakbod etamiz va keyingi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetning 2024-yil 1-noyabrdagi 231-sonli ichki buyrug‘i bilan uzrli sabablarga ko‘ra qolib ketgan fanlarini qayta o‘qiyotgan ro‘yxatdagi talabalar 2025-yil 25-yanvarga qadar belgilangan fanlardan barcha vazifalarni bajarib, yakuniy imtihonlarni grafik asosida topshirishlarizni va fanlar kredit to‘lovini ham 2025-yil 25-yanvarga qadar amalga oshirishlarizni so‘raymiz.

Qo‘shimcha savollar bilan tutorlaringizga murojaat qilishingiz mumkin.

O‘quv jarayonini rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi,

M.Yorqulov

Kategoriya Yangiliklar

Biz eng iste’dodli talabalar uchun “Turizm kafedrasi” stipendiyasini e’lon qilayotganimizdan mamnunmiz! Agar Siz 2024/2025-o’quv yilining
1-semestrda akademik, ilmiy va professional jihatdan yuqori natijalarga erishgan bo‘lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyatdir.

Quyida “Turizm kafedrasi” stipendiyasi talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar o’zingizni stipendiyaga loyiqman deb o’ylasangiz – ushbu stipendiya aynan SIZ uchun!

Tanlov mezonlari

Akademik ballar(40%)

GPA va baholar reytingi GPA (min. 85%) va baholar reytingini daftarchasini taqdim eting. A’lo akademik ko‘rsatkichlar muhimdir.

Motivatsion xat (25%)

Nima uchun siz stipendiyaga loyiq ekanligingizni tushuntiruvchi, akademik yutuqlaringiz, karyera maqsadlaringiz va shaxsiy orzularingizni bayon etuvchi motivatsion xat yozing. O'z sohangizga bo'lgan motivatsiya va sadoqatingizni yoritib bering.

Video CV (10%)

Oldingi yutuqlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringizni yorituvchi professional va ijodiy video CV yarating. Video aniq va qiziqarli bo’lishi hamda unda qobiliyatlar to’liq yoritilishini ta'minlang.

“Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (10%)

Siz uchun eng yaxshi ustozning universitet va shaxsiy hayotizdagi o‘rni (kamida 3 ta ustoz)

Til sertifikati (15%)

TOEFL, IELTS va Milliy Sertifikat (CEFR) kabi amaldagi tilni bilish darajasi sertifikatini taqdim eting. Ikkinchi xorijiy tildagi sertifikga ustunlik beriladi.

Stipendiya haqida ma’lumot

Stipendiya miqdori – har oy 500000 so‘m - 1 000.000 so’m oralig‘ida Davomiyligi – bir semestr (4 oy)

Murojaat qilish tartibi:

1. Akademik transkriptlaringizni (GPA) yuklang

2. Motivatsion xatingizni yuklang (500 ta so’z)

3. Video CV (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang

4. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang;

5. Til bilish darajasi sertifikati (IELTS, TOEFL yoki milliy sertifikat CEFR)ni yuklang.

Hujjatlarni bitta faylda saqlagan holda telegramdagi ushbu foydalanuvchi (username) @tourism_departmentt nomiga yuboring:

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 16.02.2025

Kategoriya E'lonlar

Joriy yil 19-yanvar kuni soat 10:00 da, universitet qoshidagi UNWTO Turizm akademiyasida, HoReCa bo'limi hamda Yaponiyaning Nara hokimiyati va Samarqanddagi "Nara Academy" til markazi hamkorligida, Yaponiyalik tajribali oshpazlar tomonidan Yapon milliy taomi Sushi tayyorlash bo'yicha bepul master-klass bo'lib o'tadi.

Sushi taomini tayyorlashda ishtirok etish hamda uni tatib ko'rishni istasangiz quyidagi havola orqali ro'yhatdan o'ting va tashrif buyuring.

Ro'yhatdan o'tish

19-yanvar kuni soat 10:00 da, universitet qoshidagi UNWTO Turizm akademiyasida sizlarni kutamiz.

Kategoriya E'lonlar

Bugun 8-yanvar kuni “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandum imzolanishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar ushbu hamkorlik memorandumidan ko‘zlangan maqsad birgalikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda va ilmiy izlanishlarni sanoat ehtiyojlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi xususida gapirishdi.
Memorandumning ilk qadami sifatida “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari yangi tashkil qilingan “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 08 Yanvar 2025 17:44

E’lon

GIDLIK VA EKSKURSIYALAR TASHKIL QILISH KURSIGA MARHAMAT 

UNIVERSITETNING TURIZM KAFEDRASI TOMONIDAN TASHKILLASHTIRILAYOTGAN MUTLAQO BEPUL USHBU KURS QUYIDAGILARNI TAKLIF QILADI:

            Farzandlaringiz maktab, litsey, kollej va universitetdan bo‘sh vaqtida professional gidlardan gidlik va ekskursiyalar tashkil qilish sir-sinoatlarini o‘rganishini xohlaysizmi?

            Farzandingiz bo‘sh vaqtida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Art galleriya hamda Xalqaro turizm akademiyasi kabi ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishishni va hozirdanoq turizm ta’limi va amaliyotiga qiziqish orttirib borishini xohlaysizmi?

            Eng muhimi, O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan gidlik sertifikatini qo‘lga kiritish va hozirdanoq gidlik qilib daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lish kabi tajribalarni professionalardan o‘rganishlarini xohlaysizmi?

            Marhamat, bizning kursimizga qo‘shiling, bu kursda asosiy e‘tibor amaliy ko‘nikmalarga qaratiladi!

Kurs davomida Sizni nimalar kutadi?

  • Sayyohlik obyektlarida amaliy mashg‘ulotlar: muhim turizm obyektlariga tashriflar;
  • Nutq mashqlari: qiziqarli hikoyalar aytish va turistlar bilan ishlashni o‘rganish;
  • Haqiqiy vazifalar yechimi: marshrut tuzishdan tortib, turistlar bilan muloqotgacha;

MINIMUM NAZARIYA, MAKSIMUM AMALIYOT!

Kurs sanalari: haftada bir kun.

Kurs davomiyligi: 03.03.2025 – 30.04.2025

O‘tkaziladigan joy: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va turizm obyektlari

Kimlar qatnashishi mumkin?

15 yoshdan kichik bo‘lmagan:

maktab, litsey, kollej, universitet talabalari (xorijiy tillarni biladiganlar ustunlik beriladi) hamda ushbu sohadagi ko‘nikmalarini rivojlantirishni istaganlar;

Ro‘yxatdan o‘tish va savollar uchun:

            Alijon Suyunov, Tel: 77-030-79-74

            Sardor Quvondiov, Tel: 93-299-51-97

Orzularingiz sari birinchi qadamni tashlang — ishonchli va malakali gid bo‘ling!

Kategoriya E'lonlar

2025-yil 07-yanvar kuni boʻlib oʻtgan seminarda kafedra professori vazifasini bajaruvchi Xidirov M.M.  tomonidan “Markaziy Osiyo shaharlarini qayta tiklashda tarixiy shahar landshafti yondashuvini qo‘llash” mavzusadagi ma’ruza qilindi. Ma’ruza Qozog‘istonning Turkiston shahri va O‘zbekistonning Shahrisabz shaharlariga “Tarixiy shahar landshafti” yondashuvini qo‘llashning asosiy tamoyillari slayd-shou orqali ko‘rsatildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 457-buyrug‘i asosida talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetimiz talabalari o‘rtasida "Turizmda madaniy meros fanidan" mukofotli onlayn olimpiada o‘tkazildi va madaniy merosni yaxshi biluvchi talabalar aniqlandi. Olimpiada Google Forms orqali online shaklda o‘tkazildi. Olimpiadada har bir talaba belgilangan 1 soat vaqt oralig‘ida 50 ta savollardan iborat topshiriqlarni bajarishdi. Topshiriq natijalariga asosan, eng yuqori ball toʻplagan quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:

1-o‘rin. Sayidov Ziyodbek (2-kurs, Tour 123 guruhi talabasi).

2-o‘rin.Xudoyberdiyev Xudoyberdi (1-kurs, IR224 guruhi talabasi)

2-o'rin. Boboniyozov Jamshid (4-kurs, Mantour-121 guruhi talabasi)

3-o‘rin. Murtazoeva Madina (1-kurs, MS-124-guruhi talabasi)

3-o'rin. Baxronova Mexribon (1-kurs, MS-124-guruhi talabasi)

Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ushbu talabalar qishki ta’tildan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

 Bundan tashqari, quyidagi talabalar faol ishtiroki uchun faxrli sertifikatlar bilan taqdirlanadi:

-Shomurodov Sultonmurod (2-kurs, Guide-223 guruh talabasi)

-Raxmatov Laziz ( 4-kurs, Mantour-121 guruhi talabasi)

-Baxrullayev Faxriddin ( 2-kurs, Guide-123 guruhi talabasi)

-Sharipov Sherzod (2-kurs, Guide-223 guruhi talabasi)

Onlayn olimpiadada magistr talabalar ham faol ishtirok etishdi

1. Obidov Shoxrux 1-kurs,TH 224

2. Toshkentov Quvonchbek 1-kurs,TH 224

3. Hasanjon Sayfiyev 1-kurs, TH 224

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni universitetimiz Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova olib bordi. Yig‘ilishda universitetimiz prorektorlari, professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etishdi.

Kengaytirilgan yig‘ilshda dastlab universitetimizda o‘tgan yilda talabalar o‘rtasidagi huquqbuzarlik holatlari va tartib intizom masalasi ko‘rildi. Ushbu masalada universitetimiz rektori maslahatchisi .S.Kulmuradov so‘z olib huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yishning oldini olish, oliygohda kiyinish madaniyati va bugungi axborot asrida talaba-yoshlarning turli diniy oqimlardan asrash kabi dolzarb masalalar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shuningdek yig‘ilishda universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov ham Talabalar turar joyida tartib intizomni yanada yaxshilash, har bir talaba bilan xulq atvoridan kelib chiqib muloqotda bo‘lish kabi  haqida gapirdi.

Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining birinchi yig‘ilishining asosiy masalalaridan yana biri oliygohda ta’lim tizimidagi ishlar tahlil qilindi. Kengaytirilgan yig‘ilishda o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar bilan birga, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan belgilanadigan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, QS Ranking bo‘yicha TOP 1000 talikka kirish bo‘yicha amaliy ishlarni belgilab olish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, nomdor stipendiyaga nomzod talabalar salohiyatini oshirish, ilmiy salohiyatni oshirish ishlarini jadallashtirish, darslar sifatini nazorat qilish va   bitiruvchi bosqich talabalarining chet tili sertifikatini olishi va magistraturaga jalb qilinishi kabi muhim masalalar xususida fikr bildirildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va professor-o‘qituvchilarning  savollariga javob qaytarildi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 06 Yanvar 2025 14:30

YAPON TILIDAN ONLAYN OLIMPIADA OʻTKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 457-buyrug‘i asosida talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetimiz talabalari o‘rtasida yapon tilidan mukofotli onlayn olimpiada o‘tkazildi va yapon tilini eng yaxshi biluvchi talabalar aniqlandi. Olimpiada Google Forms orqali online shaklda o‘tkazildi. Olimpiadada har bir talaba belgilangan 25 daqiqa vaqt oralig‘ida 25 ta savollardan iborat testlarni yechdilar. Test natijalariga asosan, eng yuqori ball toʻplagan quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:

1-o‘rin. Kadorkin Karim (3-kurs, Hot-122-guruh talabasi).

2-o‘rin. Mamanova Dildora (2-kurs, Tour-123-guruh talabasi).

3-o‘rin. Aslamova Dilshoda (1-kurs, BM-124-guruh talabasi).

Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ushbu talabalar qishki ta’tildan so‘ng universitet rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar