Biz eng iste’dodli talabalar uchun “Turizm kafedrasi” stipendiyasini e’lon qilayotganimizdan mamnunmiz! Agar Siz 2024/2025-o’quv yilining
1-semestrda akademik, ilmiy va professional jihatdan yuqori natijalarga erishgan bo‘lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyatdir.
Quyida “Turizm kafedrasi” stipendiyasi talablari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar o’zingizni stipendiyaga loyiqman deb o’ylasangiz – ushbu stipendiya aynan SIZ uchun!
Tanlov mezonlari
Akademik ballar(40%)
GPA va baholar reytingi GPA (min. 85%) va baholar reytingini daftarchasini taqdim eting. A’lo akademik ko‘rsatkichlar muhimdir.
Motivatsion xat (25%)
Nima uchun siz stipendiyaga loyiq ekanligingizni tushuntiruvchi, akademik yutuqlaringiz, karyera maqsadlaringiz va shaxsiy orzularingizni bayon etuvchi motivatsion xat yozing. O'z sohangizga bo'lgan motivatsiya va sadoqatingizni yoritib bering.
Video CV (10%)
Oldingi yutuqlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringizni yorituvchi professional va ijodiy video CV yarating. Video aniq va qiziqarli bo’lishi hamda unda qobiliyatlar to’liq yoritilishini ta'minlang.
“Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (10%)
Siz uchun eng yaxshi ustozning universitet va shaxsiy hayotizdagi o‘rni (kamida 3 ta ustoz)
Til sertifikati (15%)
TOEFL, IELTS va Milliy Sertifikat (CEFR) kabi amaldagi tilni bilish darajasi sertifikatini taqdim eting. Ikkinchi xorijiy tildagi sertifikga ustunlik beriladi.
Stipendiya haqida ma’lumot
Stipendiya miqdori – har oy 500000 so‘m - 1 000.000 so’m oralig‘ida Davomiyligi – bir semestr (4 oy)
Murojaat qilish tartibi:
1. Akademik transkriptlaringizni (GPA) yuklang
2. Motivatsion xatingizni yuklang (500 ta so’z)
3. Video CV (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang
4. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang;
5. Til bilish darajasi sertifikati (IELTS, TOEFL yoki milliy sertifikat CEFR)ni yuklang.
Hujjatlarni bitta faylda saqlagan holda telegramdagi ushbu foydalanuvchi (username) @tourism_departmentt nomiga yuboring:
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 07.02.2025