Bugun 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni universitetimiz Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi boshlig‘i N.Abduvaxidova olib bordi. Yig‘ilishda universitetimiz prorektorlari, professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etishdi.
Kengaytirilgan yig‘ilshda dastlab universitetimizda o‘tgan yilda talabalar o‘rtasidagi huquqbuzarlik holatlari va tartib intizom masalasi ko‘rildi. Ushbu masalada universitetimiz rektori maslahatchisi .S.Kulmuradov so‘z olib huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yishning oldini olish, oliygohda kiyinish madaniyati va bugungi axborot asrida talaba-yoshlarning turli diniy oqimlardan asrash kabi dolzarb masalalar xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek yig‘ilishda universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov ham Talabalar turar joyida tartib intizomni yanada yaxshilash, har bir talaba bilan xulq atvoridan kelib chiqib muloqotda bo‘lish kabi haqida gapirdi.
Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining birinchi yig‘ilishining asosiy masalalaridan yana biri oliygohda ta’lim tizimidagi ishlar tahlil qilindi. Kengaytirilgan yig‘ilishda o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar bilan birga, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi. 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan belgilanadigan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, QS Ranking bo‘yicha TOP 1000 talikka kirish bo‘yicha amaliy ishlarni belgilab olish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, nomdor stipendiyaga nomzod talabalar salohiyatini oshirish, ilmiy salohiyatni oshirish ishlarini jadallashtirish, darslar sifatini nazorat qilish va bitiruvchi bosqich talabalarining chet tili sertifikatini olishi va magistraturaga jalb qilinishi kabi muhim masalalar xususida fikr bildirildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishda mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va professor-o‘qituvchilarning savollariga javob qaytarildi.