Chorshanba, 08 Yanvar 2025 18:02

“Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Turin politexnika universitetining “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali tashkil qilindi

Bugun 8-yanvar kuni “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu Memorandum imzolanishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar ushbu hamkorlik memorandumidan ko‘zlangan maqsad birgalikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda va ilmiy izlanishlarni sanoat ehtiyojlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi xususida gapirishdi.
Memorandumning ilk qadami sifatida “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari yangi tashkil qilingan “Qurilish va arxitektura” kafedrasi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O'qilgan 46 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar