Dushanba, 20 Yanvar 2025 09:59

Turizm akademiyasida Yaponcha sushi tayyorlash bo‘yicha master klass tashkil qilindi

Joriy yilning 19-yanvar kuni universitetimiz qoshidagi Turizm akademiyasida, HoReCa bo‘limi hamda Yaponiyaning Nara hokimiyati va Samarqanddagi "Nara Academy" til markazi hamkorligida Yaponiyalik tajribali oshpazlar tomonidan Yapon milliy taomi Sushi tayyorlash bo‘yicha bepul master-klass bo‘lib o‘tdi.

Sushi tayyorlash jarayoni Yaponiyaning Uemori Sushi School va Nara Akademiyasi bilan hamkorligida o‘tkazilib, unda Yapon sushisini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot darslari tashkil qilindi.

Tadbirda universitet talabalari hamda Samarqand shahrida faoliyat olib boradigan restoran va kafelarning bosh oshpazlari ishtirok etishdi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalarimizning xalqaro xizmat ko‘rsatishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

O'qilgan 49 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar