Joriy yilning 22-yanvaridan 4-fevraligacha Global taʼlim boʻlimi boshligʻi Irina Qodirova va turizm kafedrasi oʻqituvchisi Mehruza Vafoqulovalar ITEC granti sovrindori sifatida “Tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida Hindistondagi Chennay, Texnik o'qituvchilarni tayyorlash milliy institutida (NITTTR) ikki haftalik amaliyot oʻtamoqda.
ITEC (Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorligi) granti turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislarga ta’lim va texnologiya sohasida qimmatli tajriba va bilim olish imkoniyatini beradi.
Texnik o'qituvchilarni tayyorlash milliy institutida amaliyot o‘tayotgan xodimlarga o‘z kasbiy malakalarini chuqurlashtirish, boshqa davlatlardan kelgan hamkasblari bilan tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni universitet o‘quv jarayoniga joriy etish imkonini yaratadi.