Bugun, 30-yanvar kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, rektor maslahatchisi S.Kulmuratov, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqovalar tomonidan 1-bosqich 124-guruh talaba-qizlari o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mas’ullar “Jaholatga qarshi – ma’rifat“ tamoyili asosida ulg’ayib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratishdi. Ayniqsa, XXI-asr globallashuv jarayonida yoshlarimiz radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali har-xil axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ba’zi bir aqidaparastlar o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinib, qabih ishlarini amalga oshirmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratishdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi ma’rifat asosida yoshlarni aqidaparastlik oqimlaridan saqlash” mavzusida videoroliklar namoyish etildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Bu kabi tadbirlar hali davom etadi.