Chorshanba, 29 Yanvar 2025 14:06

Universitetimizda Turizm sohasi mutasaddilari, tadbirkorlar hamda OAV vakillari bilan ochiq muloqot tashkil qilindi

Bugun 29-yanvar kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo'mitasi, Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan turizm subyektlari bilan OAV vakillari o'rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ochiq muloqotda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiev onlayn tarzda ishtirok etdi va sohada amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  Shuningdek tadbirda Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari R.Qobilov o‘tgan yilda  Samarqand viloyatiga xorijdan tashrif buyurgan turistlar soni, mehmonlarga servis sohasida qilingan ishlar, rejalar xususida batafsil ma’lumot berdi.  Ahamiyatlisi, ochiq muloqotda turizm yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlarning ham muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan takliflar va savollarga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

O'qilgan 41 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar