×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 15 May 2024 12:32

Oila muqaddas dargoh

2024- yil 14-may kuni  ”Ipak yo’li”turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila muqaddas maskan” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi  shahar kengash apparati rahbari F.G’aybullayev, “Ovozi Samarqand” gazetasi muharriri B.Raxmonov hamda bir guruh partiya faollari, “Turizm” kafedrasi mudiri A.Odilov ishtirok etdi va mavzu yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.

Shuningdek tadbirda talabalarga oilada farzand tarbiyasi, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ’ib qilishga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish kabi muhim masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Savol-javoblarga boy o‘tgan tadbir talaba-yoshlarning kelgusida oila qurib jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

O'qilgan 427 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2480{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar