Yangiliklar: May 2024

Joriy yilning 14-may kuni Xitoy Davlat Kengashi Bosh vaziri o'rinbosari Lyu Guojong Samarqandga tashrifi davomida viloyat rahbariyati bilan uchrashib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojalantirish masalalarini muhokama qildi.

Yuqori martabali mehmon “Silk Road Mingyu” mehmonxonasida “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori Prof. Toni Zou bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqot chog‘ida universitetimizda "Kamar va yo'l" arxeologik laboratoriyasining faoliyati, "Shandong oynasi" qurilishidagi amaliy ishlar va uning kelgusidagi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

 Shuningdek Prof. Toni Zou O'zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev bilan uchrashuv o‘tkazdi va elchini universitetimizga taklif qildi. O'zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev ham o‘z so‘zida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining kun sayin rivojlanib borayotganligidan juda ham mamnun ekanligini va imkon bo‘lishi bilan oliygohga tashrif buyurishni aytdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘quv jarayononi rejalashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i va universitetning mustaqil izlanuvchisi M.A.Yorqulov QS World University Rankings – 2024 xalqaro agentligi reytingida 478-o‘rinda turuvchi HTWG Konstanz amaliy fanlar universitetida “Hududiy turizmni strategik rivojlantirish” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida O‘zbekistonning, xususan Samarqandning turistik salohiyati haqida universitet talabalariga ma’lumotlar berildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida O‘zbekiston tarixi, mashhur shoir va olimlar hayoti, milliy qadriyatlarga, urf-odatlarimiz va an’analarimizga oid kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida talabalar tomonidan o'zbek milliy urf-odatlari, milliy kuy-qo'shiqlarimiz hisoblangan laparlar, mumtoz navolar namoyish etildi namoyish etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘tkazilgan "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri doirasida talabalar tomonidan milliy kiyimlar namoyish etildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida "Milliy qadriyatlar sayli" tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirga talabalar va universiteimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislar, xorijiy talabalar taklif etildi. Tadbir  doirasida talabalar tomonidan o'zbek milliy urf-odatlari, milliy kuy-qo'shiqlarimiz hisoblangan laparlar, mumtoz navolar namoyish etildi.

Kategoriya Yangiliklar

13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristetida bo‘lib o‘tayotgan seminarga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Charlotte Adriaen xonim tashrif buyurdi.

Ekspertlar bilan  bo‘lib o‘tayotgan seminar yig‘ilishda O‘zbekistonda Oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar, bu borada Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi loyihalar xususida gapirdi. Charlotte xonim o‘z nutqida bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganligi va Yevropa Ittifoqi ham ta’lim sohasining rivojlanishida o‘z yordamini ayamasliklarini bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 13-14-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlarini qo‘llab-quvvatlash uyushmasi mutaxassislari ishtirokidagi seminar bo‘lib o‘tmoqda.

OBREAL, ERASMUS+ Milliy ofisi, Yevropa Komissiyasi, SPHERE tashkiloti hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida O‘zbekistonda ilk bor Oliy ta’lim tashkilotlarini islohatlashtirish ekspertlari yig’ilishi seminari tashkil qilindi. Seminarda 22 davlatdan 70ga yaqin mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Bugungi seminar innovatsion uslublarni ta’lim jarayoniga kengroq jalb qilish, universitet faoliyatini jamiyat bilan uyg’unlashtirish, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqotlar ishlarini olib borish, barqaror rivojlanish dasturilarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Kategoriya Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, 13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tayotgan Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta'lim, o'qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo'llab-quvvatlash dasturi ekspertlari 12-may kuni universitetimiz faoliyati bilan hamda olyigohimiz qoshidagi Art Rezidensiyada bo‘lib o‘tayotgan Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishishdi.

22 ta davlatdan kelgan 70 nafarga yaqin ekspertlarga universitetimiz o‘qituvchilari hamrohlik qilgan holda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, milliy kiyimlar galeriyasi, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Bundan tashqari mehmonlar universitetimiz qoshidagi Art Rezidensiyada bo‘lib o‘tayotgan Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurib juda katta taassurot ega bo‘lishdi.

Kategoriya Yangiliklar
5 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar